So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  276 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

SHomurodov A Seriya 1-turida ham gol ura oladimi yoxud ilk tur prevyusi Yangiliklar

SHomurodov A Seriya 1-turida ham gol ura oladimi yoxud ilk tur prevyusi

Bugun A Seriya yangi mavsumiga start beriladi.

"Inter" - "Jenoa"

Simone Indzagi birinchi o'yindanoq ancha bosh qotirishiga to'g'ri kelmoqda: Aleksis Sanches jarohatlangan, Lautaro diskvalifikaciya qilingan, Lukaku esa "CHelsi"ga o'tgan. Demak, Jeko maydonga tushadi va unga Sensi hamda CHalxanoglu yordam beradi. Dyumfris zaxiralar o'rindig'ida qolib, asosiy tarkibda Darmian o'ynash ehtimoli bor. Ballardinining hujum bilan bog'liq muammolari bor. SHomurodov esa boshqa jamoa safida to'p tepyapti, Destro ketish arafasida turibdi, Skamakkani hisobga olish ham shart emas. Qariya Goran Pandev yana asosiy ishni o'z zimmasiga olishiga to'g'ri keladi chog'i. Hammasini hisobga olgan holda, u bilan yosh Byanki bugun maydonga tushadi.

Jamoalarning so'nggi uchrashuvida "Inter" "Jenoa" darvozasiga 3ta javobsiz gol urgandi. Albatta, hozir ham "neradzurri" favorit hisoblanadi. Simone Indzagi bunday vaziyatdan g'alaba bilan chiqib olishi juda muhim. Qo'shimchasiga, bugun futbolni juda ham sog'ingan muxlislar "Inter"ni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyuradi.


"Roma" - "Fiorentina"

Joze Mourino Italiyaga qaytmoqda. Qachonlardir Mour aynan shu erda o'chmas bir iz, chinakam tarix yoza olgandi. O'sha natijalarni takrorlash ancha qiyin bo'ladi, lekin intriga etarli. Axir bu "Roma", mangu shaharning asosiy jamoasi. Qo'shimchasiga tarkibda endi Eldor SHomurodov bor. Katta ehtimol bilan hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. SHomurodov o'rtoqlik o'yinlarida ham, kuni-kecha Konferenciyalar ligasi doirasidagi rasmiy o'yinda ham gol urishga ulgurdi. "Fiorentina"da ham yo'qotishlar deyarli yo'q. Vlaxovich hozircha jamoani tark etmadi. SHunday ekan aynan u Kalexon hamda Kastrovilli yordamida raqib himoyasining "boshini og'ritishga" urinadi.

Oxirgi o'zaro o'yin "Roma"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan. Bu safar ham "jalorossi" ushbu juftlikning favoriti hisoblanadi. Axir rimliklar tarkibida kuchliroq, mahoratliroq va tajribaliroq futbolchilar jam bo'lgan. Qo'shimchasiga o'z maydoni faktorini, bu Mourinoning A Seriyada jamoa boshqaruvidagi birinchi o'yiniligini ham unutmaslik lozim. "Fiorentina"ga Rimda oson bo'lmasligi aniq va durang ham qoniqarli natija sifatida qabul qilinishi aniq.


"Torino" - "Atalanta"

Andrea Belotti endi jarohatidan tuzalmoqda, biroq o'yinda ishtirok etishi ham mumkin. SHuningdek, chap qanot bilan bog'liq muammolar ham bor: Kristian Ansaldi o'zini yomon his qilmoqda. Uning o'rniga Ayna o'ynashi mumkin. Biroq Gasperinining ham tarkib bilan bog'liq muammolari yo'q emas. Toloi, De Ron, Froyler va Sapata bahsni o'tkazib yuboradi. SHu sababli, jamoaning yangi xaridi Demiral maydonga tushishi deyarli aniq. Lekin "Atalanta"ning baxtiga, rotaciya uchun variantlar etarli. Jumladan, Sapataning yo'qligini bildirmaydigan 4-5 nafar o'yinchi bor.

Oxirgi o'zaro bahsda durang natija qayd etilgan, ammo qanday durang — 3:3. Umuman olganda, bu ikki jamoa o'rtasidagi bahs ko'pincha gollarga boy bo'ladi. Uchrashuv favoriti "Atalanta". Lekin "bergamasklar"ning bazi futbolchilari jarohatlanganiga qaramay, jamoa mavsumga yaxshi formada kirib kelyapti. SHunday ekan, barcha favoritlar singari ularda ham turnirni g'alaba bilan boshlash uchun imkoniyatlar etarli.


"Udineze" - "Yuventus"

Albatta De Paulning ketishi "kichkina zebralar" o'yiniga tasir qilmay qolmadi. Uning maydondagi ishlarini endi Matyas Pereyra o'ziga olishi talab qilinadi. Aynan u ikki hujumchi Deulofeu va Pusseto ortidan harakat qilishi kutilmoqda. U yoqda Allegri Turinga qaytganidan keyin ilk uchrashuvda o'zini qanday tutishi ham juda qiziq bo'ladi. Taktik sxema biroz o'zgarishini va hujumning oldi chizig'ida Dibala-Ronaldu juftligini ko'rishimizni taxmin qilamiz. Orqaroqda ularga Bernardeski va Keza yordamlashadi. Morata hamda Kulushevski esa kerak bo'lsa, zaxiradan tushib o'yinni kuchaytirish uchun tayyor turadilar. Nima bo'lganda ham, "Yuventus"da ijrochilar etarlicha.

Oxirgi o'zaro o'yinda "Yuventus" hisobdagi kichik ustunlik bilan (2:1), Ronalduning so'nggi daqiqalaridagi goli evaziga zafar quchgandi. Albatta, "Yuventus" bu juftlikning yaqqol favoriti hisoblanadi. Allegrining qaytishi ko'plab futbolchilar uchun yangi imkoniyat va ular o'tgan yili boy berilgan Skudetto tasodifligi, o'zlarining nimalarga qodirligini ko'rsatish uchun boshidan mehnatni boshlashadi.


"Sampdoriya" - "Milan"

"Sampdoriya"da asosiy tarkibning barcha azolari "jangga" tayyor. Jamoa jarohat sabab ham, transferlar sabab ham yo'qotishlarsiz mavsumga kirib kelmoqda. Qizig'i, umuman olganda odatga ko'ra, jamoaning birinchi golini hech ham qarimaydigan Kvalyarella urdi. Aynan u "Milan"ning yangi posboni Manyanini xafa qilishga urinadi. "Rossoneri" tarkibida biroz o'zgarishlar yuz berdi, lekin ularni jiddiy deb bo'lmaydi. Zlatan hozircha jamoasiga yordam bera olmaydi va shuning uchun, kelishi bilanoq samarali harakat qilayotgan Olive Jiru o'yinni asosiy tarkibda boshlasa kerak. SHuningdek, Kessiening yo'qligini alohida aytib o'tish lozim. Futbolchi Olimpiadadan mushaklaridagi muammo sabab jarohat bilan qaytdi. SHuning uchun, markazda Benasser bilan birgalikda Sandro Tonallini ko'rsak ajab emas.

O'zaro o'yinlarning so'nggisida u qadar yorqin o'yin ko'rmagandik —  1:1. Bellashuvdan avval safarda o'ynashiga qaramay, yana "Milan"ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. Kim biladi deysiz, balki bunga "rossoneri"ning tarkibi biroz kuchliroq ekani turtki bo'layotgandir. Ammo nazarimizda mehmonlarga bu o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика