So’nggi yangiliklar

00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6

SHokir Fayzullaev: “Bunyodkor” 2014 yil OCHLda g'olib chiqishiga ishonamiz" Yangiliklar

SHokir Fayzullaev: “Bunyodkor” 2014 yil OCHLda g'olib chiqishiga ishonamiz"

Joriy mavsumda ichki chempionatdagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga yangi yilgi vazifalar belgilandi.
Kecha “Bunyodkor” stadionida 2013 yilgi chempionlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda klub homiylari va rahbarlari 2014 yilgi mavsumda ham jamoaga yaxshi sharoitlar yaratilishi takidlanib, jamoaga ichki musobaqalardan tashqari Osiyo CHempionlar ligasida ham muvaffaqiyat qozonish vaqti kelganganligi aytildi. Aynan shu mavzuda “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi SHokir Fayzullaevning klubga yo'llagan tabrigi va jamoa oldigi 2014 yilda qo'yiladigan vazifalar bitilgan maktub o'qib eshittirildi. Unda quyidagi satrlar bitilgan.


“Bunyodkor” jamoasi futbolchilari va murabbiylari,

klub xodimlari va jamoa muxlislariga!

Qadrli do'stlar!

Mamlakatimizning etakchi klublaridan biri “Bunyodkor” muntazam ravishda ishqibozlarni xursand etib kelayotgani barchamizning ko'nglimizni faxr-iftixor tuyg'usi bilan to'ldirmoqda. O'zbekistonimizda millionlar o'yinini rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar ana shu muvaffaqiyatlarning poydevori bo'layotgani tahsinga loyiq.

O'tgan mavsumda “qaldirg'ochlar” o'ta kuchli raqiblar bilan murosasiz bahslar yakunida oliy ligada birinchi o'rinni egallab, chempionlik unvonini qaytarib olishgani, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishganini millionlab muxlislar katta qiziqish bilan kuzatib borishdi. Ular qatorida “O'zbekneftegaz” jamoasi ham qo'lga kiritilgan yutuqlardan mamnun. SHu bilan birga “Bunyodkor” futbolchilari yoshlar ligasi hamda tayyorlov guruhlari bahslarida raqiblarni ortda qoldirishgani bizni quvontirdi. Ushbu g'alabalar klub infratuzilmasi zamon talablariga mos ravishda ishlayotganidan dalolat bermoqda.

Osiyo CHempionlar Ligasida Yaponiya, Koreya va Xitoy chempionatlarining etakchilari bilan musobaqalashib, guruhda peshqadamlikni qo'lga kiritgan “Bunyodkor” qitamiz futbolida o'ziga xos hurmat-etiborga egaligini yana bir bor isbotladi.

Sizlarni 2013 yil mavsumida qo'lga kiritilgan ulkan g'alabalar bilan samimiy muborakbod etishdan behad baxtiyormiz!

Kelgusi mavsumda erishilgan marralardan chekinmay, Osiyo CHempionlar Ligasi kubogini qo'lga kiritishga, shu orqali, klublar o'rtasida jahon chempionatida qatnashishga intilish vaqti etdi deb ishonamiz.

“Bunyodkor” futbolchilari va murabbiylari yangi 2014 yilda maftunkor o'yin namoyish qilib, ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz.

Yangi g'alabalar sari olg'a!

SHokir Fayzullaev,
“O'zbekneftegaz” MXK raisi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика