SHok! "Barselona" futbolchilari erkin agentga aylanishi mumkin
07 okt 2017 19:35
Yangiliklar
SHok! "Barselona" futbolchilari erkin agentga aylanishi mumkin
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona"ning kelajakda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan muammolari haqida gapirdi.
Ular Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi bilan bog'liq. Eslatib o'tamiz, Ispaniya va Evroparlament referendumni tan olmadi. Oldinroq, Tebas "Barselona" va "Espanol" La Ligada o'ynash huquqidan maxrum bo'lishi mumkinligini malum qilgan edi.
"Agar FIFA Kataloniya federaciyasini qabul qilmasa, unda mahalliy klub futbolchilari erkin agentga aylanishadi. CHunki, Kataloniya klublari bozordan tashqarida bo'lib qolishadi", - dedi Tebas.
Fikrlar