So’nggi yangiliklar

17:23Кантона Ямалга тан берди  0 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  2 16:11"Испания Еврони ҳақли равишда ютди" — Бензема  1 15:49Бонуччи Калафьорининг "Арсенал"га ўтаётганидан афсусда  2 15:27"Бавария"нинг молиявий аҳволи оғирми?  6 15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  19 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  5 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  3 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  22

SHohruhbek Abdurahmonov: “Oxirgi ikkita o'yinda o'z darajamizda o'ynay olmadik” Yangiliklar

SHohruhbek Abdurahmonov: “Oxirgi ikkita o'yinda o'z darajamizda o'ynay olmadik”

Pro liganing 23-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Dinamo" uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng samarqandliklar futbolchisi SHohruhbek Abdurahmonov fikrlariga quloq tutdik.

“Biz “Nurafshon” va “Olimpik” jamoalariga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Muddatidan oldin vazifani bajargan bo'lsak-da, qolgan bahslarda ham muvaffaqiyat qozonib, muxlislarimizni xursand qilmoqchi edik. Kutilmagan natijalar qayd etdik. Bu o'yinlarda o'z darajamizda o'ynay olmadik.

Oldimizda so'nggi tur bahsi kutib turibdi. “Neftchi”ga qarshi ijobiy natija ko'rsatishni istaymiz. Mazkur o'yinda puhta tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Muxlislarimizga ushbu bahsda g'alaba taqdim qilish istaymiz. Qolaversa, avvalgi ikkita mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarmoqchimiz.

Bu yilgi Pro-liga o'yinlari yuqori saviyada o'tkazildi deya olaman. Deyali kuchsiz jamoani uchratganim yo'q. Kimga qarshi o'ynagan bo'lsak-da, jiddiy qarshilikga duch keldik. Vazifa yo'lida birdamlik va ahillik bilan harakat qildik. SHu tufayli Superligaga yo'l oldik", - dedi Abdurahmonov.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика