Rasman: "Navbahor" Abdurahmonov transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
Bunga qadar "So'g'diyona" sharafini himoya qilib kelgan yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov "Navbahor" a'zosiga aylandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Tajribali yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. 

Shohruh Abdurahmonov – 1999 yil, 8 mart kuni Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on shahrida tug'ilgan. 

Faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand, 2019-2021 yillar, 2022 yilning 2-davrasi), Belarusning “Energetik - BGU” (Minsk, 2022 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2023 yil), “So'g'diyona” (Jizzax, 2024-2025 yillar) jamoalarida o'ynagan. 

Bundan tashqari, Shohruhbek Abdurahmonov 2019-yili O'zbekiston U-23 tarkibida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 

Yakunlangan mavsumda “So'g'diyona” tarkibida Superliga va O'zbekiston Kubogi bahslarida jami 17 ta o'yinda maydonga tushib, 931 daqiqa o'ynab, 2 ta gol urdi", – deyiladi xabarda.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida uning "Navbahor"ga o'tganini ma'lum qilgan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати