So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  1 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

SHohruh Ishanov: "Har o'yinda himoya chizig'i bizga pand beryapti" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Har o'yinda himoya chizig'i bizga pand beryapti"

Pro-liganing 14-turi doirasida "Xorazm" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Andijon-SGS" jamoasi bosh murabbiyi SHohruh Ishanov o'z fikrlarini bildirdi.


- "Xorazm" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, yana himoyada juda ko'p xatolar qildik. Ikkita golni standartdan keyin o'tkazib yuboryapmiz. Himoyachilarimizning pala-partishligi sababli shunday gollar urib ketishdi. Murabbiylar shtabi bilan o'yinni ko'rib chiqib, xatolar ustida ishlaymiz. Har o'yinda himoya chizig'i bizga pand beryapti. Ko'rinib turibdi, "Xorazm" jamoasi ham bu o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rgan. Biz ham bahsga yaxshi tayyorlangandik, ammo himoyada oqsayapmiz. 

- Jamoangiz birinchi davrani yaxshi o'tkazdi, biroq ikkinchi davrada natijalar pasayib ketdi.

- Hozir tarkibda yangi 7 futbolchi bor. Ular bizning falsafamizni endi-endi tushunishmoqda. Asosiy futbolchilarimizga katta jamoalardan takliflar bo'ldi, ularni ushlab tura olmadik va jamoadan ketishdi. Yosh o'yinchilarga tajriba beryapmiz. Katta futbolchilarni jamoaga taklif qilmadik. Aynan yosh futbolchilar orqali tarkibni shakllantiryapmiz. Yana bir-ikki o'yindan keyin ular ham biz istayotgan futbolni tushunib olishadi. 

- "Andijon-SGS" loyihasi yaxshi boshlangandi. Xorij safarlarini ko'rdik, yaxshi jamoalar bilan o'yinlar tashkil qilindi. Biroq ikkinchi davradagi pasayish nima bilan bog'liq. Gap moliyaviy tomondami?

- Moliyaviy tomondan hech qachon muammoimiz bo'lmagan va bundan keyin ham bo'lmaydi degan umiddaman. Rahbarimiz, klub prezidenti bunga juda jiddiy qaraydi. U kishiga rahmat aytaman. Aytganimdek, yosh futbolchilar olib keldik. Hali Pro-ligada o'zimiz istayotgan o'yinni ko'rsatamiz.

- "Xorazm" jamoasi aynan qaysi ustunlik evaziga g'alabaga erishdi deb o'ylaysiz?

- Tezlik evaziga bugun mag'lub bo'ldik. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика