So’nggi yangiliklar

01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  20 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13

SHohruh Ishanov: "Bizda charchoq alomatlari ko'rinib qoldi" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Bizda charchoq alomatlari ko'rinib qoldi"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Andijon SGS” - “Qo'qon-1912" (1:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHohruh Ishanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Qo'qon-1912"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ko'rdinglar, ajoyib o'yin bo'lib o'tdi. Ikki jamoa ham hujumkor futbol namoyish etdi. Yaqinda Ispaniyada bo'lib o'tgan musobaqada ishtirok etib qaytdik. SHu bois bugungi o'yinda asosan yoshi nisbatan kattaroq futbolchilarga imkoniyat berdik. Yoshlarni asosiy tarkibda tushira olmadik. Biz charchoq alomatlari ko'rinib qoldi.

- Jamoangiz birinchi bo'limda yuzaga kelgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalanganida natija boshqacha bo'lardi. Bu borada fikringiz qanday?


- Bizda charchoq alomatlari ko'zga tashlandi. O'yin davomida 5-6 ta juda qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Xatto 10 metrlik farq bilan oldinga chiqib borgan futbolchimizning ortidan himoyachi etib kelib to'pni olib qo'yyapti. Navbatdagi turda "G'ijduvon" bilan o'ynaymiz, albatta bu kabi muammolarni bartaraf etgan xolda vaziyatlardan unumli foydalanish ustida ishlaymiz.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика