So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  20 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

SHohruh Ishanov: "Andijon-SGS" oldiga bu yil Pro ligada qolish vazifasi qo'yilgan" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Andijon-SGS" oldiga bu yil Pro ligada qolish vazifasi qo'yilgan"

Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Andijon-SGS" - "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi SHohruh Ishanov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Andijon-SGS" klubining barcha futbolchilari va xodimlarini g'alaba bilan tabriklayman. Katta rahmat aytaman. Bugun maydonda borini berib, har bir qarich maydon uchun kurashib g'alabaga erishdik. Oson bo'lgani yo'q. Jamoani g'alaba bilan tabriklayman", - deb gap boshladi Ishanov. 

- Jamoaingiz Farg'ona viloyati Hokimi kubogida ajoyib o'yinlar namoyish etgandi. Ammo negadir Pro ligada o'sha o'yinlar ko'rinmayapti. Buning sababi nimada?
- Biz Pro ligada ilk bor ishtirok etyapmiz. Futbolchilarimning ko'pi bu darajada hali o'ynamagan. SHu bois shogirdlarimni tushunaman, xato qiladi, adashadi, o'yindan-o'yinga bu narsa yo'qolib boradi deb o'ylayman.

- Bilamiz jamoa o'zagi yoshlardan tashkil topgan. Selekciya ishlari qanday davom etmoqda?
- Jamoamiz o'zagi o'tgan yil Birinchi ligada qatnashgan futbolchilardan iborat. Faqat ikki nafar yangi futbolchini qo'shib oldik. SHu yigitlarga imkon berishga qaror qildik. Andijon viloyat futbol akademiyadagi 2006, 2007 va 2008 yillarda tug'ilgan yosh iqtiborli futbolchilarni kuzatib kelyapmiz. Klubimiz prezidenti Zafarxo'ja Rahimov keyingi yildan Birinchi ligaga 2006-2007 yilda tug'ilgan futbolchilar iborat jamoani qo'yishni rejalashtirmoqda. Bu mavsumda "Andijon-SGS" jamoasi oldiga Pro ligada qolish vazifasi qo'yilgan. Tarkibimiz ancha yosh va shu yoshlar bilan shu vazifani bajarishga harakat qilamiz.

- "Xorazm" klubi haqida nima deya olasiz?
- Bu jamoa ancha yillardan buyon Pro ligada ishtirok etib kelmoqda. "Xorazm"ga keyingi bahslarda omad tilayman, bugun har ikkala jamoa maydonga g'alaba uchun tushgani ko'rindi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика