SHohruh Gadoev: “Koreyada hujumda o'ynadim, "Bunyodkor"da esa himoyada, shu bois o'yinimdan qoniqmadim"
26 dek 2019 12:11
Yangiliklar


SHohruh Gadoev: “Koreyada hujumda o'ynadim, "Bunyodkor"da esa himoyada, shu bois o'yinimdan qoniqmadim"
Tezkor harakatlarga ega bo'lgan SHohruh Gadoev “Qaldirg'ochlar”ning bronza medallariga ega chiqishida munosib hissa qo'shdi. Taqdirlash marosimidan so'ng iqtidorli yarim himoyachi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Avvalo, barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. Menimcha, mavsumni munosib yakunlab oldik. Oldimizdagi maqsadimizga erishdik. Osiyo chempionlar ligasi qiyin musobaqa, shunday bo'lsada o'ylaymanki “Bunyodkor” saralash va pley-offdan o'tib keyingi bosqichga chiqa oladi. To'g'risini aytsam o'zimni harakatlarimdan unchalik qoniqmadim. CHunki, ikkinchi davrada jamoaga kelgan bo'lsam, oxirgi turgacha himoyada o'ynadim. Koreyadagi faoliyatim davomida asosan oldingi chiziqda o'ynagandim. Vadim Abramov esa meni himoyaga qo'ydi. SHu sababli o'yinimdan ko'nglim to'lmadi”,- dedi SHohruh Gadoev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar