SHohnazar Norbekov: "Tezroq Evropaga yo'l olishni istayman"
08 iyu 2015 14:10
Yangiliklar


SHohnazar Norbekov: "Tezroq Evropaga yo'l olishni istayman"
"Birinchi davrani jarohatim bois maydondan tashqarida o'tkazdim. Endi mana jarohatimdan forig' bo'ldim va maydonga qaytdim. Umuman jamoamizning ishtirokidan ko'nglim to'ldi deya olaman. Birinchi davrani jamoamiz ko'ngildagidek o'tkaza oldi va turnir jadvalida ham munosib o'rinni egallab turibdi. Hozirgina bosh murabbiyimiz meni olimpiya terma jamoamizga chaqirishgani haqida aytdi. Endi yaxshi o'ynab, menga bildirilgan ishonchli to'la-to'kis oqlashga harakat qilaman. Maqsadimiz bitta - Olimpiadaga yo'l olish va muxlislarimizga xursandchilik ulashish. Agarda ushbu yirik musobaqada o'zimizni yaxshiroq ko'rsatsak, evropaga ham yo'l ochiladi. Yaxshi o'ynab, tezroq Evropa jamoalarining birida to'p tepishni o'z oldimda maqsad qilganman", - deydi "Metallurg"ning istedodli futbolchisi SHohnazar Norbekov.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar