So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  4 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  1 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  5 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  7 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  7 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

SHohjahon Hasanov: “Ronaldu bilan uchrashuvdan keyin faoliyatimda pasayish bo'lgan” Yangiliklar

SHohjahon Hasanov: “Ronaldu bilan uchrashuvdan keyin faoliyatimda pasayish bo'lgan”

2009 yilning 22 dekabr sanasida portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu O'zbekistonga kelgandi.

“Real Madrid” azosi Toshkentdagi “Jar” stadionida yosh futbolchilarga master-klass ko'rsatgandi. O'shanda Ronaldu bilan birga to'pni mahorat bilan o'ynatgan jajji bolakayni barcha yaxshi eslasa kerak. O'shanda 12 yoshda bo'lgan SHohjahon Hasanov bir zumda dunyoga mashhur bo'lib ketgandi. Ko'pchilik uni o'zbek futboli kelajagi deb atagandi ham. Oradan 8 yil vaqt o'tdi. Kichkinagina bola bugunga kelib 20 yoshga qadam qo'ydi. Biroq negadir u oliy liganing hech qaysi klubida, xatto yoshlar tarkibida ham ko'rinish bergani yo'q. Biz SHohjahonni topib u bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Dastlab futbolga qanday qilib kelishingiz tarixi haqida so'zlab bering.

- Andijon viloyati SHahrixon tumanida tug'ilganman. 8 yoshimdan to'p tepishni mustaqil ravishda boshlaganman. 9 yoshimga qadar ko'chada futbol o'ynab yurardim. Turli fintlarni bajarib telefonda roliklar tarqalib ketgan. Keyin "Bunyodkor"dagilar meni akademiyaga taklif qilishgandi.


- “Bunyodkor”ga kelganingizda qaysi murabbiy bilan ishlagansiz?
- Akademiyaga kelib Sergey Lushan qo'l ostida shug'ullana boshlaganman. U muomalasi yaxshi, hamma bilan tez chiqishib ketadigan murabbiy edi. Klubga kelganimda meni yaxshi kutib olgandi.

- O'shanda siz bilan birga o'ynaganlardan kimlar futboldagi faoliyatlarini davom ettirishmoqda?

- Islomjon Qobilov bilan birga o'ynaganman. Hozir u “Bunyodkor” asosiy tarkibida o'ynab kelmoqda.

- Krishtianu Ronaldu Toshkentga kelganida u bilan birga to'p tepishga muvaffaq bo'lgansiz. O'sha voqea qanday sodir bo'lgani yodingizami?

- Bolalar qatorida Ronalduning oldiga chiqayotganimizda Sergey Lushan menga butsani kiyib olishimni aytgandi. Stadionga chiqib kelgach qo'shiqchi Rayhon bilan birga chiqishimni va to'p o'ynatishimni aytishdi. Biroq Lushan “Yo'q, bu faqat Ronaldu bilan birga to'p o'ynatadi” deb qatiy turib olgandi. SHunday qilib Ronaldu bilan birga fint qilgandik.

- Sizga bir kun oldin kimdir shunday bo'lishi haqida aytganmidi? Yani ogohlantirib qo'yishganmidi?

- Bir kun oldin hech kim aytmagan, barchasi o'sha paytning o'zida sodir bo'lgan. Lekin negadir Ronaldu Toshkentga keladi deyishganida u bilan to'p tepishimni ich-ichimdan his qilganman.


- Yoningizda millionlab muxlislarga ega bo'lgan jahonga mashhur super yulduz turardi. Yosh bo'lgansiz, shularni his etganmisiz?
- Qarshimda jahon yulduzi ekanini his qilganman albatta. Stadionda muxlislar yo'q deb tasavvur qilganman, faqat Ronaldu ikkimiz to'p tepayotgandek xayol qilganman. Aks holda fintlar bunchalik chiroyli chiqmasdi deb o'ylayman.

- Ronaldu siz bilan gaplashganmi?

- Menga nimadirlarni gapirgan, lekin u nima deganini to'g'risi tushunmaganman. Faqat jarima to'pi tepamiz deganini tushunganman xolos. Master klassdan so'ng jarima to'plarini amalga oshirgandik.

- O'shandan keyin SHohjahon Hasanovning hayoti va faoliyatida qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi?

- O'sha voqeadan albatta juda katta mashhurlikka ega bo'ldim. Abdurahmon Fozilov menga yordam berib yurardilar. Butsalar va boshqa narsalar olib berardi, qo'lidan kelganicha yordam berardi. Ammo ko'pincha mashg'ulotlar vaqtida meni ko'rsatuvlarga yoki boshqa tadbirlarga olib ketishardi. Mashg'ulot o'rtasida kelib meni olib chiqib ketishardi. Sergey Lushan va rahbariyatning ko'ziga yomon ko'rinib qoldim... Qolgan futbolchilar mashg'ulot o'tkazayotganda men shou-biznes vakiliga aylanib qolgandim. SHu tariqa faoliyatimda pasayish kuzatildi va “Bunyodkor”dan ham ketdim...

- “Bunyodkor”dan ketgach nima bo'ldi? “Oq-tepa” safida o'ynaganingizni bilamiz...

- Keyin faoliyatimda ancha katta tanaffus bo'ldi. "Andijon"da birinchi ligada o'ynadim. So'ngra "Oq-tepa"ga bordim, bu klubda G'anisher SHog'ulomov menga yordam berdi. Bu insonga ham rahmat aytaman. Hozir esa "Lokomotiv" klubi yoshlari safida o'ynayapman. Ushbu jamoaga kelishimda To'labek Akramovning xissasi katta bo'ldi. Uning ishonchini oqlayman deb umid qilaman. Ikkinchi davradan aynan "Loko" sharafini himoya qilayapman.

- Ko'plab odamlar fint qila oladigan futbolchilar futbolni u qadar yaxshi o'ynay olmaydi deb hisoblaydi. Sizda ham shunday vaziyat bo'lmaganmi? Yani faqat to'p bilan chiroyli harakatlar qilishda tengi yo'qsiz, lekin futbol maydonida u qadar yorqin o'ynay olmassiz?

- Yo'q meni futbol o'ynashimni ko'pchilik ko'rmagan shuning uchun shunday fikr kelib chiqadi. To'g'ri fintga etibor qaratganman, lekin futbolni yaxshi o'ynay olishimni biladigan odamlar ham bor. Agar o'sha yoshligimda mashg'ulotlarni yarmidan tashlab ketmaganimda balki Lushan meni kuchli futbolchi qilgan bo'larmidi. Balki "Bunyodkor" asosiy tarkibida o'ynayotgan bo'larmidim. Achinarlisi hozir o'sha kichkinaligimda mashg'ulotlardan ko'rsatuvlarga olib chiqib ketgan odamlar yordam berishmayapti...


- Demak yoshlarga mashhur bo'lish ham salbiy tasir qilar ekanda...
- Yosh futbolchilarga birdan mashhurlik ham kerak emas. Barchasi sekin asta, bosqichma bosqich bo'lgani yaxshi ekan.

- O'sha mashhur fintlaringizni qaysidir futbol maktabida o'rganganmisiz? Yoki ko'chadami?

- Ko'chada o'rganganman. Ronaldinoning videolarini ko'rib unga o'xshashga harakat qilganman. Kichkinaligimda darslarni ko'p qoldirganim uchun maktabda ikki yil sinfda qolib ketdim. Ukam bilan birga maktabni bitirgandim. Ko'cha futbolidan chiqqanman buni tan olaman.

- Yaqinda O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati yo'lida ikkita muhim o'yin o'tkazadi. Sizningcha mundialga chiqishga imkoniyatimiz bormi?

- Imkoniyatimiz bor. Barchasi futbolchilarning o'zining qo'lida. Futbolchilar harakat qilmasa bari bekor. Muxlislar ularni qo'llab turishsa albatta Jahon chempionatiga chiqamiz.

- Oldingi voqealar bo'lib o'tdi, uni ortga qaytarib bo'lmaydi. Endi “Lokomotiv” safida o'zingizni ko'rsatib kuchli futbolchi ekanligingizni barchaga ko'rsatib qo'yishni istaysizmi?

- Xudo xohlasa shunga umid qilayapman. Maqsadim ham shu. Mahallada to'p tepib yurganimda Jasur aka degan odam menga yordam berdi. SHu insonga alohida rahmat aytaman.

- Intervyu so'nggida aytar so'zingiz...

- Meni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat aytaman. Siz jurnalistlarga ham meni unutib qo'ymaganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.


Narzulla Saydullaev

VIDEO. Krishtianu Ronaldu bilan fint qilgan o'zbek bolasi hozir qaerda?

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика