SHmeyxel MYUning penaltisi haqida: "Kechirasiz, bu penalti emas. VAR hali ham kulgili ishlar qilmoqda"
10 iyu 2020 11:33
Yangiliklar
SHmeyxel MYUning penaltisi haqida: "Kechirasiz, bu penalti emas. VAR hali ham kulgili ishlar qilmoqda"
"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Peter SHmeyxel Jonaton Moss tomonidan "Aston Villa" darvozasi tomon belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
"Kechirasiz, ammo bu penalti emas. VAR hali ham kulgili ishlar qilmoqda", - deb yozdi SHmeyxel.
Uchrashuvning 26-daqiqasida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Manchesterliklar yarim himoyachisi Bruno Fernandesh birmingemliklar himoyachisi Ezri Konsa bilan bo'lgan to'qnashuvdan so'ng maydonga yiqildi. Hakam esa VAR'ga murojaat qildi va 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.
Bir necha takroriy vaziyatlardan so'ng malum bo'ldiki, "Yunayted"ning portugaliyalik xavbeki dastlab raqibning oyog'ini bosganligi va shundan so'ng o'zi yiqilgani malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, SHmeyxel 1991-1999 yillar davomida "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.
Manba: metaratings.ru
Fikrlar