SHirer: "Reshfordga tavsiyam - u ketishi kerak"
10 sen 2018 18:41
Yangiliklar
SHirer: "Reshfordga tavsiyam - u ketishi kerak"
Angliya termasining sobiq hujumchisi Alan SHirer "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordga tavsiya berdi.
"Reshfordning muxlisiman. U poziciyani yaxshi tanlaydi va har doim raqib himoyachilarini xavfo ostida ushlab turadi.
Romelu Lukakuda barchasi yaxshi bo'lsa, Markus markaziy hujumchi bo'lib o'ynay olmaydi. U aynan markaziy forvard bo'lishi kerak. Ammo MYU Mourino qo'l ostida hech qachon ikki hujumchi bo'lib harakat qilmaydi. Agarda shunday bo'lgan taqdirda, Romelu bilan Aleksis Sanches o'ynaydi. Mourino katta extimol bilan Reshfordning xizmatlaridan foydalanmaydi. Unday qilgandan ko'ra, Markusni transferga qo'yib yuborish kerak.
MYU - buyuk jamoa. Ammo Reshford buyuk futbolchi bo'lishni istasa, "Old Trafford"ni tark etishi kerak. Unga beradigan tavsiyam shunday", - dedi SHirer.
Fikrlar