SHirer o'zining rekordini yangilagan Keynni tabrikladi
26 dek 2017 18:29
Yangiliklar
SHirer o'zining rekordini yangilagan Keynni tabrikladi
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan SHirer "Tottenxem" forvardi Garri Keynning muvaffaqiyatiga jim qarab tura olmadi.
Keyn bir yilda Premer-liga o'yinlarida gol urish bo'yicha SHirer rekordini yangiladi.
"Tottenxem" forvardi "Sautgempton"ga qarshi bahsning birinchi bo'limida dubl qayd etib, 2017 yil APLdagi gollari sonini 38taga etkazdi. SHirer hisobida 36ta to'p bor edi. Rekord 1995 yilda o'rnatilgan edi.
"Garri Keyn, 2017 yil sen uchun ajoyib o'tdi. Sen bir yilda gol urish bo'yicha rekord o'rnatishga munosibsan. Barakalla, shu ruxda davom et" - deb yozadi SHirer "Tvitter"da.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar