SHirer: "Obameyang "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirmaydi"
21 iyu 2020 22:31
Yangiliklar


SHirer: "Obameyang "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirmaydi"
Angliya futboli afsonasi Alan SHirerning "Match of the Day" ko'rsatuvi efirida takidlashicha, "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang "to'pchilar" bilan hamkorlikni davom ettirmaydi.
"Obameyang haqida gapiradigan bo'lsak, U "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytiradi deb o'ylamayman. U ham Mesut O'zil oladigan miqdorda maosh olishni istaydi, ammo London klubi bu talabni qondira olmaydi. O'zilga katta maosh to'lash ham xato edi, u hatto "Brayton" bilan o'yinda ham maydonga tusha olmayapti".
Eslatib o'tamiz, taxminlarga ko'ra Mesut O'zil haftasiga 350 ming funt maosh oladi. U "Arsenal" safida eng ko'p ish haqi to'lanadigan futbolchi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 5

Fikrlar