So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

SHiorni vazifaga aylantirgan - Ro'ziqul Berdiev Yangiliklar

SHiorni vazifaga aylantirgan - Ro'ziqul Berdiev

Kuni kecha "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'zining tavallud ayyomini nishonladi.

 
Ushbu mutaxassisning faoliyatiga nazar tashlashga qaror qildik.

44 yoshni qarshilagan Ro'ziqul Berdiev Qashqadaryo futbolidagi eng katta shaxs desak mubolag'a bo'lmaydi. O'z vaqtida futbolchilik faoliyatini ham "Nasaf"ga bag'ishlagan Berdiev endi murabbiy sifatida "Nasaf"ni yangi cho'qqilarga olib chiqishga bel bog'lagan.
Futbolchilik faoliyatida "Nasaf" safida eng ko'p o'yin o'tkazgan jamoa sardori Ro'ziqul Berdiev mana uchinchi mavsumdirki jamoani to'liq boshqarib kelmoqda.
Jamoa moliyaviy tomondan juda baquvvat bo'lgan payt ukrainalik Anatoliy Demyanenko "Nasaf"ga taklif etilganini ko'pchilik yodida saqlasa kerak. O'shanda "Nasaf" o'z tarixida ilk bor katta musobaqa, yani OFK kubogida zafar quchgan va ichki chempionatda birinchi marta o'zining ananaviy uchinchi o'rnidan bir bosh baland sakrab, o'z tarixida ilk marotaba kumush medallarini qo'lga kiritgandi.
Lekin Demyanenko o'z oldiga qo'yilgan asosiy vazifa - jamoani chempion qilishni uddasidan chiqolmagandi. OFK kubogi qo'lga kiritilganidan so'ng klubda moliyaviy imkoniyatlar biroz pastladi va natijada Demyanenko o'z yurtiga qaytib ketishni maqul topdi. Uning o'rniga esa "Nasaf" jamoasi uchun har doim hozir-u nozir bo'lib kelgan, Demyanenkoga yordamchi murabbiy sifatida ishlagan Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiy etib tayinlandi.



Anatoliy Demyanenko ishlagan mahal "Nasaf"da deyarli teng kuchli ikkita tarkib mavjud bo'lardi. Zaxirada Asror Aliqulov, SHuhrat Mirholdirshoev, Mirzakamol Kamolov, Nosir Otaqo'ziev kabi futbolchilar qolib ketardi. Andrey Pereplyotkins, Boyan Malishich va Ivan Boshkovich singari "Nasaf" bilan OFKni yutgan legionerlar o'ynardi. Ro'ziqul Berdiev 2012 yil boshida jamoani o'z qo'l ostiga olganidan so'ng, "Nasaf" ichki chempionatda peshqadamlar qatorida borayotgandi va oliy ligada birorta mag'lubiyatga uchramagandi. Lekin "ajdarlar" o'zlari uchun OCHLdagi debyut mavsumni o'tkazishgani sabab, OCHLda ko'ngildagidek ishtirok eta olishmadi. Guruhdagi kimsan "Al Jazira", "Ar Rayyan" va "Istiqlol" singari osiyoning kuchli grandlari bilan kuch sinashgan qarshiliklar oltita o'yinda bir ochko to'plashdi. Aynan shu natijani ro'kach qilgan rahbariyat Ro'ziqul Berdievni istefoga chiqardi va uning o'rniga o'sha paytda "Nasaf" menejeri sifatida ishlab kelgan Usmon Toshevni jamoa boshqaruviga tayinladi. Usmon Toshev esa Ro'ziqul Berdiev asosiy jamoadan butunlay ketqazdi. Natijada Berdiev "Nasaf" yoshlar jamoasidan qo'nim topdi. O'sha paytda "Nasaf" yoshlari jamoasida o'yin borasida bir qator muammolar mavjud edi. Berdiev kelgach tezda o'rinbosarlar jamoasi o'yinida mano va mazmun, keskinlik va futbolchilarga futbol o'ynashga chanqoq ortdi. Ro'ziqul Berdiev bu vaziyatda ham qo'l siltamadi va "Nasaf" yoshlari jamoasiga jiddiy etibor qaratgan holda klub kelajagi haqida qayg'urdi. Bu orada esa Usmon Toshev boshqaruvida "Nasaf" nafaqat tajavuzkor futboldan ayrildi va balki o'z tarixida hozirga qadar chempionlik uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo'lgan mavsumni to'liqligicha buzib qo'ydi. Ro'ziqul Berdiev istefoga chiqarilishiga qadar jamoa turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan bo'lsa, mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida "ajdarlar" o'z maydonlarida "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berishdi va yakunda sovrinli o'rinlar uchun imkoniyatni butkul yo'qotishdi. SHundan so'ng tezda Usmon Toshevga chiqish eshiklari ko'rsatildi va jamoaga yana Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiy etib tayinlandi.
"Nasaf" Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida boshlagan mavsumni Berdiev boshqaruvida yakunladi va yangi mavsumga taraddud ko'rishni boshladi. Bu orada esa klubda moliyaviy imkoniyatlar yana kamaydi va bir qator etakchi futbolchilar "Bunyodkor" jamoasiga o'tib ketishdi.


Berdiev oldiga klub rahbariyati tomonidan yoshlar bilan ishlash va jamoani kelajagi yaratish vazifasi qo'yildi. 2013 yilgi mavsumda jamoa oldiga aynan malum bir o'rinni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilmadi. Bu esa albatta to'g'ri edi. Ro'ziqul Berdievga kerakli sharoit yaratib bera olishmagach,
sovrindor bo'lasan deb vazifa qo'yishni ilojisi yo'q edi. Ro'ziqul Berdiev esa mavsum o'rtasida yoshlar jamoasida birga ishlagan iqtidorli futbolchilarni asosiy jamoaga jalb eta boshladi. Jamoada saqlanib qolgan futbolchilar va yoshlik jo'shqinida yonib futbol o'ynamoqchi bo'lgan istedodlarni birlashtira olgan Berdiev o'zining to'liq o'tkazgan dastlabki mavsumida jamoaga bronza medallarini olib berishga erishdi. To'g'risi, bu natijani mavsum avvalida hech kim kutmagan edi.
SHundan so'ng Ro'ziqul Berdiev haqli tarzda 2013 yili O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Deyarli yo'qdan bor qilgan Berdievga keyingi mavsum uchun ham murabbiy istagan sharoitlar qilib berilmadi. Kamtar Berdiev esa o'z qo'li ostidagi shogirdlari bilan nimadir qilishga urindi va izlanishdan to'xtamadi. Natijada jamoa 2014 yilgi mavsumni ham o'sha notada, yani "Nasaf" uchun qulay o'rin bo'lan 3-pog'onada yakunladi.  
 
Ro'ziqul Berdiev uchun uchinchisi hisoblagangan bu yilgi mavsumda "Nasaf" uchta frontda kurash olib bordi. Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan "ajdarlar"ga guruhdan chiqish uchun biroz omad, yanayam to'g'rirog'i tajriba etishmadi. Sababi, "Nasaf"ning bu tarkibi jahon darajasidagi  kuchli legionerlarga ega, haqiqiy professional klublarga qarshilik qilishi juda muammo edi. SHunga qaramay "Nasaf" klublarimiz ichida eng ko'p ochko to'plab, guruhdan chiqishga eng yaqin kelgan jamoa bo'ldi. natijada "Nasaf"ning guruhdoshi Dubayning "Al Ahli" to'plar nisbatiga ko'ra keyingi bosqichga chiqqandi va ular yakunda mana OCHLning finaliga ham yo'l olishdi.  Jamoa oldiga rahbariyat tomonidan hali birorta marta malum bir vazifa qo'yilmaganiga qaramay, Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"ni har mavsum hech bo'lmaganida sovrindor qilib, "planka"ni tushirmay bir muvozanatda ushlab turgani ham qoyil qolarli natija. Har doim yuqori o'rinlar uchun kurashamiz degan shiorni o'ziga vazifa qilib olgan Berdiev - "Nasaf"ning haloskori desak mubolag'a bo'lmaydi.

Hozirgi "Nasaf"ni barcha hurmat qilishi va jamoaga boshqacha ko'z bilan qarashlarida so'zsiz Ro'ziqul Berdievning xizmatlari beqiyos.

Ro'ziqul Berdiev nihoyat o'z faoliyatidagi dastlabki katta yutug'ini aynan bu yili qo'lga kiritdi. Futbolchi, yordamchi murabbiy va bosh murabbiylik faoliyatida jami to'rt maroataba finalchi bo'lgan Ro'ziqul Berdiev nihoyat beshinchi urinishda bosh sovrinni boshi uzra baland ko'tarishga muvaffaq bo'ldi.


CHempionat tugashiga esa to'rtta tur qolgan. "Nasaf" hozircha 60 ochko to'plagan holda uchinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Paxtakor"dan 3 ochkoga, "Lokomotiv"dan 2 ochko ortda qolmoqda. "Nasaf"ni chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyati mavjud. Lekin bu narsa jamoaning o'ziga bog'liq emas. Ammo Ro'ziqul Berdiev ushbu imkoniyatdan maksimum foydalanishga harakat qilishi aniq. Ro'ziqul Berdiev jamoasi Qarshida avvaliga "Bunyodkor" bilan, keyin "Paxtakor" bilan o'zaro kuch sinashadi. SHuningdek, "ajdarlar" Samarqandda "Dinamo" va so'nggi turda "Mashal"ga safar uyushtirishadi.
Demak Ro'ziqul Berdiev uchun bu mavsum qo'shaloq bayramga ulanib ketishi ham mumkin. Kurash hali davom etadi.


Ro'ziqul Berdiev nafaqat "nasaf"ni yuqori notada ushlab turdi, balki O'zbekiston terma jamoasi uchun bir qator yosh futbolchilarni tarbiyalashga ham ulgurdi. Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida harakat qilib, yangi darajaga chiqqan - SHohruh Gadoev, Eldorbek Suyunov, SHuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, SHerzod Azamov, Odil Hamrobekov kabi iqtidorlar terma jamoa darajasidagi futbolchiga aylanishdi.
SHuningdek, "Nasaf" etakchisi Artur Gevorkyan aynan Berdiev boshchiligida "Nasaf"da o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishga erishdi va chempionatning eng yaxshi legioneri, eng yaxshi to'purar bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Artur Gevorkyan o'zining eng yaxshi davrini aynan Berdiev qo'l ostida o'tkazmoqda desak yanglishmaymiz.
"Nasaf"ning "miya"si deya tariflanadigan Erkin Boydullaev jamoaning almashtirib bo'lmas futbolchisi sifatida shakllandi. Erkin Boydullaevning bu jhdarajaga chiqishida ham Berdievning xizmatlari katta bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ro'ziqul Berdiev yildan-yilga murabbiy sifatida o'smoqda, shakllanmoqda, o'z tajribasini oshirib bormoqda. Lekin hali qilinadigan ishlar, o'rganadigan jihatlar ko'p. Mehnatkash Berdiev buni yaxshi bilib, tushunib turibdi. Bu bilan cheklanib qolmasdan, faqat yuqoriga, oldinga intilish va izlanish zarur.

Ro'ziqul Berdievga Eronning "Traktorsozi" jamoasidan qiziqish borligi haqidagi xabarlar so'nggi vaqtlarda juda ko'p uchramoqda va bu qiziqish jiddiy ekanligini malum bo'ldi.

"Nasaf"da hali qiladigan ishlari ko'p Berdiev so'nggi qarorni hozircha qabul qilmagan. Ro'ziqul Berdievning yakuniy qarorni qabul qilishida klub rahbariyatining nihoyat bu mavsumda balki murabbiy talab qiladigan sharoitlarni yaratib berishi yoki aksincha bo'lishi juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Aynan shu jihat hal qiluvchi rolni o'ynashi haqiqatga yaqinroq. Nima bo'lgan taqdirda ham Ro'ziqul Berdievga omad tilagan holda, bundanda katta yutuqlarni qo'lga kiritishiga tilakdoshmiz.
Muhimi - janob Berdiev yurtimiz futboliga nafi tegadigan yosh istedodlarni etishtirishda to'xtamasligini, jamoalarimizni xalqaro musobaqalarda ham munosib ishtirok etishi va sovrindorlar qatorida bo'lishi uchun mehnat qilishini chin dildan so'rab qolamiz.


Ro'ziqul Berdievning Oliy ligadagi natijalari:
2012 - 9ta o'yin, 6ta g'alaba va 3ta durang
2013 - 26ta o'yin, 18ta g'alaba, 4ta durang va 4ta mag'lubiyat
2014 - 26ta o'yin, 16ta g'alaba, 7ta durang va 3ta mag'lubiyat
2015 - 26ta o'yin, 19ta g'alaba, 3ta durang va 4ta mag'lubiyat  



SHahboz Beg'amov
 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика