So’nggi yangiliklar

16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  0 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1

SHifokor Abror Pirriev: "OFK doirasidagi o'yinlarida ruxsat berilgan holat bizning Superligada o'tmas ekan..." Yangiliklar

SHifokor Abror Pirriev: "OFK doirasidagi o'yinlarida ruxsat berilgan holat bizning Superligada o'tmas ekan..."

"Lokomotiv" klubi va O'zbekiston terma jamoasi shifokori Abror Pirriev kechagi o'yinda kuzatilgan voqea haqida malumot berdi.

Kecha o'yin mahali havo harorati minus 8 darajani ko'rsatdi. Bunday past haroratda oyoq mushaklarini jismoniy yuklamaga tayyorlash alohida yondoshuvni talab kiladi. Yana bir muhim jihat o'yin davomida oyoq mushaklarining sovib kolmasligidir. CHunki past haroratda badan sovishi mushaklarda moddalar almashinuvini susaytiradi, elastikligi kamayadi, mushaklar spazmi yuzaga keladi, natijada jarohat olish va eski muammolar kuchayishiga sabab bo'ladi. Bu vaziyatda muhim omil futbolchining ob-havoga mos kiyinishidir. SHu sababli o'yindan avval futbolchilar uchun o'yin kiyimlariga mos qilib "gamash" (sportivnye kalgotki) tayyorlab qo'yilgandi.

Maydonga chiqishdan avval esa bunday "gamash"larni kiyish mumkin emasligi aytildi. O'yin komissari va inspektoriga murojaat kilib, shifokor sifatida fikrimni aytarkanman, ular "mumkin emas"dan nariga o'ta olishmadi.

Juda ko'p xalqaro o'yinlarda bevosita ishtirok etganman. SHunday, past ob-havoda gamash kiyib o'ynalgan holatlar ko'p bo'lgan. OFK doirasidagi o'yinlarida ruxsat berilgan holat bizning Superligada o'tmasligi... Qolaversa, futboldagi kiyinish koidalari o'yinchining salomatligini asrashga karatilgan. SHunday ekan, past ob-havoda badanni sovuqdan asrash uchun o'yin kiyimiga mos, ichki sport kiyimlarni taqiqlash to'g'ri emas.

CHempionatimizning oxirgi turlari hamda kubok bahslari xuddi shunday sovuq ob-havoda o'tishi tayin. SHunday ekan, futbolchilarimizning salomatligini o'ylagan holda mutasaddilar ushbu holatni etiborga olishadi degan umiddaman", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida



Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика