So’nggi yangiliklar

14:20Қирғиз Республикаси устози: "Эртага Ўзбекистон терма жамоасини ҳайрон қолдира оламиз"  3 13:48Сречко Канатец: "Фақат югураверишнинг фойдаси йўқ, ақлни ҳам ишлатиш керак"  7 13:23Шомуродовнинг клубдоши фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  4 12:54Зидан "Манчестер Юнайтед" бошқарувига келиши мумкин  7 12:26"Барселона" собиқ хавбеки фаолиятига якун ясади  5 11:59Стивен Бергвейн: "Саудия Арабистонида рақобат Нидерландиядагидан юқорироқ"  5 11:32Лени Йоро "Реал"ни эмас, балки МЮни танлаганининг асл сабаби маълум бўлди  1 11:16Италия терма жамоаси ҳимоячиси Исроилга қарши ўйинда қатнашмайди  1 10:48ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  6 10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  9 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  9 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  6 08:32Футзал. Куба терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 08:00Мемфис Депай фаолиятини Бразилияда давом эттиради. Футболчининг қанча ишлаб олиши маълум  1

SHiddatsiz futbol yoxud “Loko” – “Dinamo” o'yini haqida Yangiliklar

SHiddatsiz futbol yoxud “Loko” – “Dinamo” o'yini haqida

Kecha TTYMI stadionida bo'lib oliy liga doirasidagi "Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvi ko'proq oddiy o'rtoqlik o'yinini eslatib yubordi.


CHempionlik uchun jiddiy kurash olib borayotgan "Lokomotiv" oliy liganing 20-turida o'z maydonida chempionatda jon saqlab qolish uchun harakat qilayotgan "Dinamo"ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi shu darajada zerikarli o'tdiki, birinchi taym yakunlanmasidan oldidan bir guruh "temiryo'lchi" ishqibozlar stadionni tark etishni maqul ko'rishdi.

Odatda "Lokomotiv" o'z maydonidagi o'yinlarni ko'tarinki ruhda, yani hujumkor o'tkazadi. Biroq birinchi bo'limda Vadim Abramov jamoasi negadir sust o'ynadi.

Bahsning dastlabki 15 daqiqasida Muhiddin Xudoyorov darvozasi oldida hech qanday vaziyat sodir etilmadi. Aksincha, "Dinamo" futbolchilari "Loko" darvozasiga xavf solishga harakat qilishdi. Biroq na bu jamoa, na u jamoa ko'ngildagidek o'ynolmadi.

O'yin soat 19:00da boshlandi. Havo futbol o'ynash uchun juda qulay bo'ldi. Lekin futbolchilarning harakatiga qarab shunday tasavvur uyg'ondiki, xuddi o'yin jazirama issiqda o'tayotgandek ko'rindi.

Dastlabki 45 daqiqalikda "Dinamo"da ham, "Lokomotiv"da ham yaqqol golga tortadigan vaziyatlar bo'lmadi.

Vadim Abramov jamoasi o'yini chiqmaganini sezdi va birinchi bo'lim yakunlanishini kutib o'tirmasdan dastlabki o'zgarishni amalga oshirdi. O'rta chiziqda o'ynab turgan Dilshod Rahmatullaev o'rniga Timur Kapadze maydonga chiqarildi. Bu o'zgarishdan so'ng "temiryo'lchilar" azosi Dilshod Rahmatullaev to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi. Rahmatullaev maydondan chiqib ketayotganda bu o'zgarishdan norozi bo'lganini o'z harakatlari orqali ochiqchasiga namoyish etdi.

Demak chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Loko"ning ichki muhitida muammolar bor desak bo'ladimi?


O'yinga qaytamiz. Birinchi bo'lim nursiz durang bilan tugadi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.

Vadim Abramov tanaffusdan so'ng yana bir o'zgarishni amalga oshirdi. Bu safar negadir uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlamagan jamoa etakchisi Jasur Hasanov (katta) umuman o'yini chiqmagan Oleg Zoteevni almashtirdi. Aynan shu o'zgarishlar "Lokomotiv"ning o'yinini kuchaytirdi. Hozirgi kunda "Lokomotiv"ni Jasur Hasanovsiz tasavvur etish qiyin. Hasanov buni maydonga tushishi bilan yana bir bor isbotladi. Aynan uning faolligi bilan yuzaga keltirilgan vaziyatlar golga aylandi.

Avvaliga Timur Kapadzeni pas bilan taminlagan Hasanov, oradan besh daqiqa o'tib sherigi Sanjar SHoahmedovni qulay vaziyatga chiqardi.

"Lokomotiv" ikkinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasida o'yin taqdirini hal etgan gollarni urdi va yana birinchi taymdagi singari maydonda "yo'qolib" qoldi. Kiritilgan gollardan so'ng "Lokomotiv" negadir o'ynamay qo'ydi.

Vadim Abramov jamoasining hujum chizig'ida chinakamiga muammolar paydo bo'lgan. Temurxo'ja Abduxoliqovning yo'qligi yaxshigina sezilmoqda. Ikkinchi davra arafasida kelgan Mo'ydin Mamazulumov hozircha faqat "Neftchi"ga qarshi o'yinda o'z foydasini berdi. Oxirgi o'yinlarda Mo'ydin gol urishni unutayozgandek. Marat Bikmaev nega zaxirada qoldiriladi deydiganlar uchun uning kecha va "Bunyodkor"ga qarshi o'yinidagi harakatlari javob bera oladi deb o'ylayman. To'pni to'xtatishda, to'p bilan harakatlanishda va vaziyatlarni golga aylantirishda katta muammolarga duch kelayotgan futbolchi asosiy tarkibga kirishga loyiq emas, albatta.

Ivan Nagaevning esa hozircha aytarli o'yinini ko'rmayapmiz. "Lokomotiv" baxtiga Sanjar SHoahmedov to'purarlik qobiliyatini ishga solmoqda va so'nggi uchta bellashuvda aynan uning gollari evaziga "Loko" to'qqiz ochkoni cho'ntagiga solib qo'ydi. Sanjar SHoahmedov uchun bu yilgi mavsum katta tajriba maktabi bo'lyapti desak mubolag'a bo'lmaydi. SHoahmedov katta jamoada o'zini yaxshi his etib, yuqori darajaga chiqib olmoqda. Keyingi mavsumda undan bundan-da sifatli va kuchliroq o'yinni kutib qolamiz.

Hozircha Abramov hujumchi muammosini Jasur Hasanovning (katta) kuchli o'yini va SHoahmedovning gollari bilan yopa olmoqda.

"Dinamo" jamoasining himoyasida kattagina muammolar borligi shundoq ko'rinib qoldi. "Lokomotiv" butun uchrashuv davomida golga tortadigan ikkita vaziyat yaratdi va shularni hammasini golga aylantirdi.

Bu paytda esa "Dinamo" himoyachilari golni tomosha qilishni qoyillatishdi, hujumni bartaraf etishni emas.

Umuman "Dinamo"da hali aniq bir o'yin uslubi yo'lga qo'yilgani ko'rinmadi. Jamoaga ikkinchi davrada kelib qo'shilgan Ilhom Yunusov etakchi bo'lishga ulgurgan. Ammo unga yaqindan ko'maklashadigan futbolchi yo'qligi kechagi bahsda bilinib qoldi. "Dinamo"ning har bir chizig'ida etarlicha kamchilik mavjud. SHu boisdan ham jamoa autsayderlar qatorida yuripti.

Bahrom Hakimov avvalo chiziqlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni yo'lga qo'yishi lozim.

"Dinamo"ning o'yini Ilhom Yunusov atrofida qurilayotgani aniq. Lekin jamoaning qanotlari, yani vingerlari juda bo'sh. Kechagi o'yinda ham Bahrom Hakimov buni sezdi va o'yin paytida futbolchilarga ko'p bora qanotdan emas, o'rtadan o'ynashini talab qildi.

Jamoaga ikkinchi davrada kelgan Dilshod SHarofetdinovning o'yiniga baho berish juda qiyin. Kechagi o'yinda ushbu tajribali futbolchi maydonda umuman ko'rinmadi. SHarofetdinov jamoa o'yiniga kirishib ketmagan yoki uning hozirgi holati oliy liga darajasidan past.

"Dinamo"ga ikkinchi davrada kelib qo'shilgan futbolchilardan Hasan Asqarov, Feruz Boboqulov, Dilshod SHarofetdinov, Farruh SHotursunov, Artyom Filiposyan, Ilhom Yunusov va Kamoliddin Murzoev kechagi o'yinda maydonga tushishdi. Yangilardan faqatgina Ilhom Yunusov va Kamoliddin Murzoevning o'yini qoniqarli. Qolgan futbolchilar esa o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishmadi. Murzoev o'yin so'nggida yaratilgan yarimta imkoniyatdan samarali foydalandi. Ilhom Yunusov esa "Dinamo" safida eng yaxshi harakat qilgan futbolchi bo'ldi.

Bu uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv" ochkolari sonini 49taga etkazdi va peshqadam "Paxtakor" bilan o'rtadagi farqni ikkitaga qisqartirdi.

"Dinamo" esa 15 ochko jamg'argan holda 14-o'rinda bormoqda. Birinchi ligaga tushib ketadigan o'rinda borayotgan "Andijon" bilan oradagi farq bitta ochkoligicha qolgan.


Uchrashuvdan so'ng Bahrom Hakimov qolgan 10ta uchrashuvdan kamida beshtasida yutuqni qo'lga kiritsak bo'ldi, oliy ligada qolamiz dedi.

Ha, qolgan o'yinlarning teng yarmida "Dinamo" g'alabani qo'lga kiritsa katta ehtimol bilan ligadagi jonini saqlab qolishi mumkin. Lekin masala shundaki, hozirgi "Dinamo" 10 uchrashuvdan beshtasida g'alaba qozona olarmikan? Hakimov "Dinamo"ni oliy ligada olib qoladimi?

Asosiy savol shu.Taqvimga nazar solsak, "Dinamo"ni oson bo'lmagan o'yinlar kutib turibdi. O'z uyida "Nasaf", "Neftchi", "Bunyodkor" va "Olmaliq"qa qarshi bahs va mehmonda "Paxtakor" bilan uchrashuv o'tkazadi. Bahrom Hakimov jamoasi ikkinchi davrada o'zining asosiy raqobatchilari "So'g'diyona" va "Andijon"ga safar uyushtiradi. Aynan shu o'yinlar ko'p narsaga oydinlik kiritib bersa ajab emas.

Bahrom Hakimov oldida hozir kichik tanaffus mavjud. Ushbu tanaffusdan unumli foydalanib, jamoaning jismoniy holatini yaxshilashga etibor qaratishini bildirib o'tdi, "Dinamo" bosh murabbiyi.

Samarqandliklarni oson bo'lmaydigan ikkinchi davraning hal qiluvchi qismi kutib turibdi.

Agarda Hakimov qolgan o'yinlargacha jamoasining hozirgi kamchiliklarini yopa olmasa, unda "Dinamo" birinchi ligaga tushib ketishga asosiy davogarlar qatorida bo'lishi aniq.

"Lokomotiv" esa chempionlik uchun poyganing hal qiluvchi qismiga yaqinlashmoqda. "Paxtakor"ning G'uzorda ochko yo'qotgani "temiryo'lchilar" uchun qo'l keldi. Keyingi turda "temiryo'lchilar" "sherlar"ga qarshi saf tortishadi. Buyog'iga "Lokomotiv"ning taqdiri o'z qo'lida. Vadim Abramovni esa juda zich taqvim kutmoqda.

"Paxtakor" bilan chempionat o'yini, "Nasaf"ga qarshi O'zbekiston kubogi doirasidagi yarim final javob bahsi va chempionatda ham "ajdarlar" bilan bo'ladigan to'qnashuv. Aynan shu uchrashuvlarda "temiryo'lchilar"ning ko'p masalasi hal etiladi. Buyog'iga Vadim Abramov jamoaga g'oliblik ruhini singdirishi zarur. Ichki muhitda muammo yuzaga kelmasligi lozim. Aks holda bu narsa ularning zarariga ishlab ketishi tayin. Kechagi uchrashuv shuni ko'rsatdiki, "Loko"da ichki muhit havas qilarli darajada emas. Dilshod Rahmatullaevning qilgan ishi va o'yindan so'ng Nesterov va Jasur Hasanovning tushunmovchiligi yakunda "Lokomotiv" uchun minusga ketishi mumkin.

Jamoada ichki muhit toza bo'lmasa, chempionlik ruhiyati yo'qolib boraveradi. Bu kabi narsalar muhim o'yinlar oldidanpand berib qo'yishi mumkin.

Umuman kechagi o'yinda "Lokomotiv" mahorat evaziga raqibni dog'da qoldirdi va navbatdagi uch ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Kechagi o'yin "kartinasi" nega oliy liga o'yinlarida muxlislar tashrifi pasayib ketganini ko'rsatib berdi desak bo'ladi. Bu kabi ishtiyoqsiz, oddiy o'tadigan uchrashuvni tomosha qilish uchun juda jonkuyar ishqiboz bo'lish lozim. Bo'lmasa chiroyli futbol tomosha qilishni yoqtiradigan futbol shaydolarini bunday shiddatsiz kechadigan o'yinlar orqali etiborini tortish bajarib bo'lmas ish.



SHahboz Beg'amov 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика