SHevchenko Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga rozi
24 jan 2022 10:44
Yangiliklar
SHevchenko Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga rozi
Ukrainalik mutaxassis Andrey SHevchenko Polsha terma jamoasini boshqarishga rozilik bildirdi.
SHevchenko va Polsha futbol ittifoqi o'rtasidagi shartnoma shartlari kelishilgan. 45 yoshli mutaxassis yiliga 2,5 mln evro maosh oladi. Mablag'ning bir qismini Polsha futbol ittifoqi, qolganini homiylar to'lashadi.
SHevchenko "Jenoa" bilan shartnomani bekor qilishning ayrim muammolari hal qilingandan so'ng rasman Polsha terma jamoasini qabul qilib oladi.
Eslatib o'tamiz, SHevchenko oldinroq Ukraina terma jamoasini boshqargan va jamoani Evropa chempionati 1/4 finaligacha olib chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
22:55
O'zbekiston U-16 terma jamoasi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham Saudiya Arabistonidan ustun keldi 3
Fikrlar