SHevchenko murabbiylik sirlarini kimdan o'rgangani haqida gapirdi
20 iyu 2020 19:28
Yangiliklar


SHevchenko murabbiylik sirlarini kimdan o'rgangani haqida gapirdi
Ukraina termasi ustozi Andrey SHevchenko “Tottenxem”ni boshqarayotgan Joze Mourinyu haqida iliq fikrlar bildirdi.
“Mourinyudan ko'p narsani o'rgandim. Uning jamoani boshqarish uslubi juda qiziq edi.
Joze keraksiz narsadan ham nimanidir chiqara oladi. Bu uning mentaliteti. Doimo ishonishingiz kerak. O'yinni so'nggi soniyada o'zgartirishingiz mumkin.
Buyuk jamoalarda ham aynan shunday. Eng yaxshi o'yinchilarni tarbiyalayotganda, ular oxirgi 10 sekundda bahs natijasini o'zgartira olishiga ishonishlari kerak bo'ladi.
Agarda bunga ishonsangiz, qo'shib berilgan daqiqalarda CHempionlar Ligasi g'olibiga aylanishingiz mumkin. Karlo Anchelotti davridagi “Real”ni eslang.
Bu futbol jozibasi, ammo unda to'g'ri mentalitetni shakllantira olishingiz kerak bo'ladi”, deydi SHeva.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar