SHevchenko “CHelsi”ga o'tgani haqida: Biz buni xotinim bilan maslahatlashgandik
26 may 2018 08:35
Yangiliklar


SHevchenko “CHelsi”ga o'tgani haqida: Biz buni xotinim bilan maslahatlashgandik
Sobiq futbolchi ayni damda Ukraina terma jamoasi bosh murabbiy Andrey SHevchenko nima uchun “Milan”dan “CHelsi”ga o'tganligini malum qildi.
“Bu o'ylab qabul qiligan qaror edi. Uni butun oila birga qabul qilgandik. Men “Milan”da bir necha yil o'ynab, ko'plab sovrin yutib bo'lgandim. O'zim uchun kelajakdagi taqdirimni tushuna olish muhim edi, shuning uchun yangi jamoaga o'tish, yangi mamlakatda bo'lishni sinab ko'rishga qaror qildim. Biz buni xotinim bilan maslahatlashdik.
“Milan”da keraklicha uzoq o'ynadim, yosh paytimdan faoliyatimning eng cho'qqisiga qadar. “CHelsi”ga esa ancha katta — 30 yoshda keldim. Deyarli faoliyatimni yakunlash pallasi edi. Biroq men yana 6 yil o'ynadim. Albatta, “Milan” “CHelsi”ga qaragan men uchun juda baxtli joy edi. Ammo Londonda orttirilgan tajriba ham o'ta foydali bo'lgandi”,— deydi SHevchenko.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar