

"Milan - hayotimning bir qismiga aylangan klub. Ammo, ayni vaqtda men terma jamoada bandman. Gattuzo o'z ishini a'lo darajada bajarmoqda. Bir kun kelib "Milan"ni boshqarishni xohlayman", - deydi Shevchenko.
Shevchenko Ukraina termasini 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Bu uning murabbiylik faoliyatidagi birinchi ishi hisoblanadi.
Andrey 1999-2006 yillarda "Milan" tarkibida 322 o'yinda ishtirok etib, 175 ta gol urgan.




