SHevchenko asosiy maqsadlaridan biri haqda gapirdi
14 may 2020 02:50
Yangiliklar


SHevchenko asosiy maqsadlaridan biri haqda gapirdi
Ukraina terma jamoasi ustozi Andrey SHevchenko bir kelib “Milan”ga murabbiy sifatida qaytmoqchiligin aytdi.
“Bu bir kun amalga oshishini istardim. Buni doimo qalbimda saqlayman va muxlislarni chin dildan sevaman. Ko'ramiz, ammo bu mening maqsadlarimdan biri. Biroq, ayni vaqt faqat Ukraina terma jamoasi haqda o'ylamoqdaman.
Biz (“Milan”) mavsumni iloji boricha yaxshiroq yakunlashga yakunlashga harakat qilishimiz zarur. Barcha muxlislarning hurmati uchun maydonda maksimal darajada o'ynash kerak.
Keyin esa nima bo'lishini va kelajak bizga nimalar olib kelishini bilib olamiz”, deydi SHeva.
Eslatib o'tamiz, sobiq forvard 1999-2006 hamda 2008-2009 yillarda “rossonerilar” sharafini himoya qildi va milanliklar safida “Oltin to'p”ni ham qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar