SHesni: "Arsenal" avvaliga jadvalda ko'tarilib, keyin "CHelsi" haqida o'ylashi kerak"
30 dek 2014 13:17
Yangiliklar


SHesni: "Arsenal" avvaliga jadvalda ko'tarilib, keyin "CHelsi" haqida o'ylashi kerak"
"Arsenal" darvozaboni Voycex SHesni jamoaning ikkinchi davradagi rejalari haqida gapirib berdi.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "to'pchilar" 33 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi, etakchi "CHelsi"da esa 46 ochko bor.
"Mavsum boshlanishidan oldin doimo chempionlikni yutishni xohlaysiz. Aynan shu narsa barchamizning maqsadimizdir, ammo hozirda egallab turgan joyimizda boshqa kichik niyatlar bilan chegaralanib turishimiz kerak. Rojdestvo kunlaridagi o'yinlardan 9 ochko to'plamoqchi edik va hozircha 6 ochkoga ega bo'ldik. "Sautgempton"ga qarshi uchrashuvga ishonch bilan ketyapmiz.
Biz "CHelsi" va "Manchester Siti"ga etib olmoqchimiz, ammo avvaliga turnir jadvalida ko'tarilishimiz kerak" - deydi SHesni.

Fikrlar