So’nggi yangiliklar

20:10"Арсенал" чемпионлик парадини режалаштирмоқда  5 19:52Про лига. "Арал" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  4 19:35Про лига. "Бухоро" – "Олимпик-MobiUz" (онлайн ҳисоб)   13 19:30Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Металлург" "Бунёдкор"дан устун келди  0 19:06Бернардески "Торонто" билан шартномасини узайтириш борасида музокаралар олиб бормоқда  0 18:43Хави Симонс ПСЖга қайтмайди  5 18:01Мбаппесиз. ПСЖ келаси мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 17:37Футзал бўйича Олий лига. ОКМК "Динамо" дарвозасига 5 та тўп киритди, Элбек Тўлқиновдан хет-трик!  0 16:55АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:30"Челси" вакили 2018 йилнинг сентябридан буён илк бор АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси бўлди  2 16:05Гавининг тикланиш жараёни ноябрь ойигача чўзилиши мумкин  0 15:41Рис Жеймс машғулотларга қайтди  0 15:14"Боруссия" Дортмунд таркибни "Челси" ҳужумчиси билан кучайтирмоқчи  4 14:47FIFPro ФИФАни судга бермоқчи  4 14:20"Динамо"га трансфер тақиқи қўйилди  9

SHerzod Nasrullaev: "Terma jamoaga chaqiruv xabarini olganimda eng ko'p ota-onam xursand bo'lishdi" Yangiliklar

SHerzod Nasrullaev: "Terma jamoaga chaqiruv xabarini olganimda eng ko'p ota-onam xursand bo'lishdi"

Qarshining "Nasaf" klubi futbolchisi SHerzod Nasrullaev terma jamoaga chaqiruvi to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Xabaringiz bor, ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. Bu galgi yig'inga bir nechta yosh va umidli futbolchilar jalb etildi. Xususan, yakunlangan mavsumda "Nasaf" jamoasidagi yorqin o'yinlari sabab SHerzod Nasrullaev ham Srechko Katanecning etiboriga tushdi va terma jamoadan ilk marta chaqiruv oldi. Nasrullaev 23 yanvar kuni "Al Vahda"ga qarshi o'yinda milliy terma jamoa safida debyut uchrashuvini ham o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

O'FA media bo'limi SHerzod Nasrullaev bilan bog'lanib, terma jamoadan olgan ilk chaqiruvi, taassurotlar va debyut uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

— SHerzod, terma jamoaga birinchi marta chaqiruv olganingizni eshitganingizda nimalarni his qildingiz?

— Har bir futbolchi uchun terma jamoada o'ynash orzu va sharaf hisoblanadi. Albatta men ham O'zbekiston milliy terma terma jamoasida o'ynashni orzu qilganman. Bolaligimdan boshlab o'z oldimga maqsad qo'yib, bu yo'lda tinmay mehnat qildim. CHunki terma jamoaga faqat o'z poziciyasida etakchi bo'lgan futbolchilar chaqiriladi. SHuning uchun ham natijalarim orqali milliy jamoaga munosibligimni isbotlashga harakat qildim.

Kun kelib TJ azosiga aylanishimga, birinchi navbatda, ota-onam ishonardi, ular har doim meni qo'llab-quvvatlab kelishgan. Ilk chaqiruv qog'ozini olganimdagi ularni xursandchiligini tariflab bo'lmasdi.

Umid qilamanki, yaqinlarim, murabbiylarim va muxlislarni ishonchini oqlay olaman. Terma jamoaga esa qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman.

— Mashg'ulotlar jarayonlari qanday kechmoqda? Unda, asosan, nimalarga urg'u berilyapti?

— Mashg'ulotlar odatda har kuni 2 mahaldan bo'lib o'tadi. Ertalab jismoniy holatimizni tiklash uchun mashg'ulot olib boryapmiz. Kechki mashg'ulotlarda esa texnika va taktik mashqlarga etibor qaratiladi.

— "Nasaf" tarkibida 2021 yilgi mavsumda mazmunli o'yin ko'rsata oldingiz. SHundan keyin sizga xorij klublaridan takliflar bo'ldimi?

— To'g'ri aytdingiz, "Nasaf" o'tgan mavsumda ajoyib o'yinlar ko'rsatib, muxlislar mehrini qozona oldi. Bizda yaxshi jamoa shakllangan. Yakunlangan mavsumda ko'plab futbolchilar o'zini ko'rsatdi. O'zimga keladigan bo'lsak, 4ta gol kiritib, 16ta golga assistentlik qildim. Menimcha, bu — himoyachi uchun yaxshi natija bo'lsa kerak. Umuman olganda, jamoamning g'alabalariga hissa qo'sha olayotganimdan xursandman.

Transfer haqida gap ketganda, to'g'ri, ko'plab agentlar aloqaga chiqib, bir qancha klublar menga qiziqayotganini aytishdi. Ammo hozirda «Nasaf» bilan shartnomam mavjud.  Bilmadim, agarda Evropa jamoalaridan takliflar kelsa, legionerga aylanishim ham mumkin.

— Siz debyut o'yindayoq 90 daqiqa o'ynadingiz. Terma jamoa libosidagi ilk uchrashuv qanday kechdi, nimalarni his qildingiz?

— To'g'risini aytsam, bu orzularning ushalishi edi. O'zimni erkin his qildim, hayajon sezilmadi, desam ham bo'ladi.

— Srechko Katanec bilan birga ishlash qanday bo'ldi, u siz bilan suhbatlashdimi (agar gaplashgan bo'lsa, nimalar dedi)?

— Srechko Katanec bilan "Al Vahda"ga qarshi o'yin oldidan gaplashdim. O'sha o'yinda meni markaziy himoyada sinab ko'rdi. Bu men uchun yangilik bo'ldi, chunki avval bu poziciyada o'ynamagan edim. Bosh murabbiyimiz uchrashuvdan keyin yaxshi o'ynaganimni, o'yinimdan qoniqish his qilganini aytdi.

— Umuman olganda, terma jamoaning "Al Vahda"ga qarshi uchrashuvi haqida nimalar deya olasiz?

O'yin biroz murakkab o'tdi. Raqiblarimiz bizga munosib qarshilik ko'rsata olishdi. "Al Vahda", asosan, to'pni ko'proq ushlab, shuning atrofida o'yin tashkil qilar ekan. Bundan tashqari, ularda yaxshi jamoa shakllangan, futbolchilari jismonan baquvvat va bo'ydor, o'yin payti o'zaro bir-birini tushunib harakat qilishadi.

O'yin davomida ko'plab hujumlar tashkil etdik, biroq vaziyatlarda bizga omad kelmadi. Uchrashuv yakuniga etay deb qolganda Aziz Amonov qulay vaziyatga chiqib borayotgan edi, ammo unga nisbatan qo'pollik ishlatildi va penalti belgilandi. Amonov sovuqqonlik bilan penaltini golga aylantira oldi. Menimcha, shu kuni g'alabaga haqiqatan ham haqli edik.

— SHerzod, vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat. Kelgusidagi faoliyatingizda omad tilaymiz. 

— Rahmat.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика