SHerzod Nasrullaev qanchaga safdan chiqqani malum
05 apr 2022 14:48
Yangiliklar
SHerzod Nasrullaev qanchaga safdan chiqqani malum
O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi himoyachisi SHerzod Nasrullaev "Lokomotiv" bilan bahsda jarohat olgandi.
Nasrullaev uchrashuvning 65-daqiqasida elkasidan og'ir jarohat olgan va uning o'rniga Alibek Davronov maydonga tushirilgandi.
Tekshiruvlar natijasida Nasrullaevning elka qismi suyagi singani malum bo'ldi. Futbolchi Toshkentdagi shifoxonalardan birida jarrohlik amaliyotini o'tkazadi. Uning safga qaytishi uchun taxminan 3 oy vaqt kerak bo'ladi.
SHu tariqa, himoyachi Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi bahslarida "Nasaf"ga yordam bera olmaydi.
Fikrlar