So’nggi yangiliklar

20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  3 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  8 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  5 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  40 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0

SHerzod Nasrullaev: "Jarohatdan to'liq forig' bo'lganim yo'q" Yangiliklar

SHerzod Nasrullaev: "Jarohatdan to'liq forig' bo'lganim yo'q"

O'zbekiston terma jamoasi nimchorak final Tailandga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishdi davom etmoqda. Terma jamoamizning bugungi mashg'ulotida "Nasaf" klubi futbolchisi SHerzod Nasrullaev saytimizga intervyu berdi

- SHerzod yaqindagina jarohatdan qaytdingiz va mashg'ulotlarga qo'shildingiz. O'zingizni qanday his etmoqdasiz?

- Jarohatdan to'liq forig' bo'lganim yo'q. Mashg'ulotlarga kirishdim, ammo maydonga to'sha olishim aniq emas. Hali yuz foiz tayyor emasman.

- Tailandga qarshi tayyorgarlik qanday kechmoqda?

- Raqibni o'rganyapmiz. Kayfiyatimiz yaxshi. Hammasi yaxshi rejamiz bo'yicha ketmoqda.

- Qanot himoyachilari chizig'ida katta yo'qotishlar bo'ldi va tanqidlar bo'ldi. Jarohat sababli maydonga tusha olmagan uchrashuvlarda sizning o'rningizni yosh futbolchi Zafarmurod Abdirahmatov egalladi. Qanot himoyachilari, yani sizning poziciyangizdagi futbolchilarning Osiyo kubogida namoyish etayotgan o'yiniga qanday baho berasiz?

- Qanot himoyachilari yaxshi o'ynashmoqda. Zafarmurod yaxshi o'yin namoyish etdi. Farruh aka Sayfiev ham ancha tajribali futbolchi. Qanot himoyachilari stabil va yaxshi o'ynashmoqda deya olaman.

- Tailand terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz? Ularning darajasiga qanday baho berasiz?

- Avvalari Tailand futbolini kuchsiz deb o'ylardim. Biroq hozir ular katta o'sishga erishibdi. Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan uchrashuvni tomosha qildim va ular juda yaxshi o'yin namoyish etishdi.

- "Nasaf"ning CHempionlar ligasidagi so'ngi uchrashuvini Dohada o'tkazgan edi va siz uchrashuvdan keyin Dohada qolgandingiz. O'sha vaqti siz "Al-Sadd" va Qatar jamoalari bilan muzokara olib boryapsiz degan xabarlar tarqalgan edi. SHu gaplar qanchalik rost?

- Ha, men Dohada qolgandim, lekin Qatar klublari bilan muzokara olib borish uchun emas. Men Dohada oilam bilan tatilda edim. "Al-Sadd"ning qiziqishi bo'lgani rost, ammo muzokara olib borilmadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика