So’nggi yangiliklar

00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 1:0 (матнли трансляция)  18 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  9 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  19 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  17 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  11 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  6

SHerzod Karimov: "CHiroyli gollar tavakkal qabul qilingan qarorlarning mahsulidir" Yangiliklar

SHerzod Karimov: "CHiroyli gollar tavakkal qabul qilingan qarorlarning mahsulidir"

Superliganing o'tgan turida darvozalarga bir-biridan chiroyli gollar urildi.

SHerzod Karimovning "Navbahor" jamoasiga darvozasiga burchak zarbasidan  kiritgan to'pi shubhasiz turning eng chiroyli goli bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. Ravshan Haydarov murabbiyligida o'z o'yinini topi borayotgan "Surxon" avvalgidek ochkolar ulashayotgani yo'q, har bir turda raqiblariga munosib qarshilik ko'rsatgan holda ochkolarni jamg'arishga intilmoqda. Biz bu borada jamoaning etakchi futbolchilaridan biri SHerzod Karimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Navbahor" bilan o'yin haqida.

Futbolimizda pandemiya tufayli yuzaga kelgan tanaffus sababli ancha vaqt dam oldik, o'yin amaliyoti kam bo'ldi. SHu bois o'yinga kirishib olishimiz qiyin kechdi. Dastlabki 15-20 daqiqada raqibning bosimiga turib bera oldik. Boz ustiga birinchi bo'limda havo ancha issiq edi.

Ravshan Haydarov kelgach o'yinimiz ijobiy tomonga o'zgardi.

Ravshan aka bilan avval ham "Paxtakor"da birga ishlaganman. Juda katta tajriba va ko'nikmaga ega mutaxassislar, ulardan har bir futbolchi ko'p narsa o'rgansa bo'ladi. Birinchi galda intizomni yo'lga qo'ymoqdalar, maydonda tartibli harakat qilishimizni istamoqdalar. Bollarga ishonch bilan to'p tepishni, oxirigacha kurashishni tushuntirmoqdalar. Turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashga harakat qilamiz. Oldinda kutayotgan o'yinlarda g'alabalar bilan muxlislarimizni xursand qilishni xohlaymiz.


Uchrashuvdagi tashkilotchilik masalasi

Markazlashgan holatda chempionatni davom ettirmoqdamiz. Tashkilotchilik yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. Barchasi joyida, maydon ham yaxshi. To'g'ri, faqat biroz issiq bo'lganini hisobga olmaganda barchasi yaxshi.

CHiroyli gollar qanday yuzaga keladi?

Odatda chiroyli gollar ko'p hollarda tavakkal qarorlar sabab uriladi. O'sha vaziyatda jamoadoshlarim raqib darvozaboniga halaqit qilishdi, natijada to'p men o'ylagandek darvoza to'ridan joy oldi. Yaqinda o'g'il farzandli bo'ldim, golimni farzandimga bag'ishladim. Bunday uslubda avval ham gol urganman. "Paxtakor"da to'p tepayotgan chog'imda AGMK darvozasiga huddi shunday to'p kiritganim yodimda.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика