So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

SHerzod Hakimov: “Saltoni Jeparovga o'xshash uchun qilmayman” Yangiliklar

SHerzod Hakimov: “Saltoni Jeparovga o'xshash uchun qilmayman”

“Neftchi”da salmoqli faoliyat yuritgan Yuriy Sarkisyan, jamoa boshqaruvidagi so'ngi yillarida bir qator futbolchilarning iqtidorini yuzaga

chiqargandi. Otabek Zokirov, SHukurali Po'latov va hokazo. SHerzod Hakimov ham o'z vaqtida farg'onaliklarning kelajagi sifatida etirof etilgandi. Biroq, har bir futbolchining taqdirida bo'lgani kabi bir necha bor jamoasini almashtirishga majbur bo'ldi. Joriy mavsumni ikki klubda o'tkazgan futbolchi, muhlislar kutgan o'yinni namoyish eta olmadi. Yaqinda ushbu hujumchi bilan suhbatlashib, qator savollar bilan murojaat qildik.

- “Surxon”dan ketishingizni sababi nima bilan bog'liq?
- Jamoani takr etib, Namanganga kelishimni sababi bu er uyimga va oilamga yaqinroq hisoblanadi. Yagona omil shu bo'ldi deb o'ylayman.

- “Navbahor”safida deyarli maydonda ko'rinmadingiz? Sermahsullik bobida ham ancha past ko'rsatkich qayd etdingiz...
- To'g'rirog'i o'ynamadim desam ham bo'ladi. O'zimni ko'rsatishim uchun imkoniyat berilmadi. Faoliyatimni katta qismi vodiyda o'tganligi bois, ko'nikib qolganman bu erga. O'zimni yaxshi his qilaman.

- Odatda, urgan gollaringizni salto bilan nishonlaysiz. Bunday uslub sanoqli futbolchilarda kuzatiladi...
- To'g'ri, har bir futbolchi golni turlicha nishonlaydi. Salto men uchun odatga aylangan, buni Jeparovga o'xshash uchun qilmayman. Ushbu futbolchini hurmat qilaman, terma jamoamiz tarixidagi eng kuchli ijrochilardan biri sifatida tan olaman. Server yarim himoyada o'ynaydi, men esa hujumchiman. SHuningdek, istedodli yosh futbolchi Aziz G'anievda ham shunday qobiliyat bor.

- Endi sobiq klubingiz «Neftchi» xususida suhbatlashsak. Jamoaning ichki chempionatda bor yo'qligi hatto bilinmayapti...
- 2004 yildan “Neftchi” jamoasiga qabul qilingandim. Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi jamoada to'p tepganimdan xursandman. Hozirgi kunda moliyaviy tomonlama muammolar borligi bois shunday ahvolga kelib qoldi. Men ishonamanki, sobiq jamoam yana avvalgi mavqeiga qaytadi va tiklanadi.

- Keyingi yilgi rejalaringizdan kuchli klubga o'tish va faoliyatingizni yangi darajaga olib chiqish o'rin olganmi?
- Men uchun hammasi oldinda. Buni vaqt ko'rsatadi. Albatta, aniq maqsadlarni oldiga qo'ygan klublarda to'p tepishni istayman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика