So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

SHerzod Hakimov: “Navbahor”da bu yil ijobiy natija qayd etish uchun barcha narsa mavjud” Yangiliklar

SHerzod Hakimov: “Navbahor”da bu yil ijobiy natija qayd etish uchun barcha narsa mavjud”

Jamoamizning Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inida jamoamiz tarkibiga tajribali hujumchi SHerzod Hakimov qo'shilib, “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi va Superliga 2-davra bahslarida namanganliklar sharafini himoya qiladigan bo'ldi.

Biz – muxlislarga ushbu futbolchini yaxshiroq tanishtirish maqsadida undan intervyu oldik.

- SHerzod, jamoada sizni qanday kutib olishdi? Har holda, siz oldin “Navbahor”ning ashaddiy raqibi “Neftchi”da o'ynagansiz...

- Jamoada meni iliq kutib olishdi. Umuman olganda, “Navbahor” men uchun begona emas hamda “vodiy derbilari”da namanganliklarga qarshi ko'p marotaba maydonga tushganman. Endi yangi klubimda bor mahoratimni ishga solib, “Navbahor” sharafini munosib himoya qilish niyatidaman.

- Toshkentdagi mashg'ulotlar qanday o'tdi va Deyan Jurjevichning mashg'ulotlari boshqa murabbiylarnikidan nimasi bilan farq qiladi? Uning mashg'ulotlarida Evropa havosi sezildimi?


- Deyan Jurjevich mamlakatimiz futboli uchun begona shaxs emas. Ushbu mutaxassis oldin ham yurtimizda, jumladan, “Paxtakor” klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan.

Janob Jurjevich nafaqat murabbiy, balki, futbol infratuzilmalari bo'yicha ham yaxshi tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

Albatta, u evropalik mutaxassis bo'lganidan keyin, mashg'ulotlarida “qo'hna qita” havosi sezilishi shubhasiz. Deyan Jurjevichning “Navbahor” hamda Namangan futboliga ko'p foydasi tegadi, deb umid qilaman.



- “Navbahor”ning 1-davradagi o'yinlarini kuzatdingizmi va bu haqda xulosalaringiz qanday?


- Jamoa oxirgi yillarda o'z nufuzini ancha tiklab oldi. Namanganga katta futbol havosi qaytdi, deyish mumkin. Namanganliklarning birinchi davradagi natijalariga kelsak, u paytda men boshqa klub futbolchisi edim hamda sobiq murabbiy Andrey Kanchelskis qayd etgan natijalarni muxokama qilmoqchi emasman.

- Sizningcha, bu yilgi Superliga bahslari qanday o'tyapti?


- Superligamiz yildan - yilga kuchayib, saviyasi oshib bormoqda. Bunga esa futbolimizda yuz berayotgan islohotlar ham turtki bo'lyapti.

Joriy mavsum bahslari esa oldingi yillardagidan ancha qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechmoqda. Barcha jamoalarning kuchi deyarli teng. Har qanday klubga qarshi o'ynasa bo'ladi.

- Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga yuksak maqsad qo'yilgan. Sizningcha, buni amalga oshirish uchun nimalarga ko'proq etibor berish lozim? Jamoaning hozirgi tarkibi buni amalga oshirishga qodirmi?


- Natijalar davomiyligi o'zimizga bog'liq. Hozir takidlaganimdek, Superligada kuchsiz raqib yo'q. Har qanday jamoa raqibiga yaxshigina muammo tug'dirmoqda. “Navbahor”da esa bu yil ijobiy natija qayd etish uchun barcha narsa mavjud. Murabbiylar shtabi va tarkibdan ko'nglim to'q. Muhimi, barchamiz jips bo'lib, harakat qilsak bo'ldi. SHunda o'z maqsadimizga erishamiz.

- SHu paytgacha qo'l ostida o'ynagan murabbiylardan qaysinisi sizda yaxshi taassurot qoldirgan?


- SHubhasiz, bu - Yuriy Vazgenovich Sarkisyan! U haqda uzoq gapirish shart bo'lmasa kerak. Sarkisyanning qanday inson va murabbiy ekanligini hamma biladi.



- “Vodiy derbisi” bahslarini sog'ingan bo'lsangiz kerak? Boisi, 1-davrada “Surxon”da o'ynaganingiz uchun, derbilarda qatnasholmadingiz.


- Ha, derbilarni sog'indim. “Vodiy derbisi” o'yinlarida ishtirok etish har qanday futbolchiga o'zgacha zavq bag'ishlaydi.

- Bo'lajak “vodiy derbisi” bahslaridan nimalar kutyapsiz?


- Faqat g'alaba! Umid qilamanki, har bir o'yinda maksimal natija qayd etamiz va jamoamizning salohiyati bunga qodir.

- Muxlislarga tilaklaringiz...


- Namanganlik muxlislarni chin manoda “Navbahor”ning yuragi deyish mumkin. Ularning “lochinlar”ni uy va safar o'yinlarida muntazam qo'llab-quvvatlab turishlarini alohida etirof etish mumkin. Ishqibozlar jamoamizni shunday qo'llab-quvvatlashda davom etishsin. Biz esa faqat ular uchun maydonga tushib, g'alabalarimiz bilan quvonch ulashishga harakat qilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика