So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

SHerzod Esanov: Biz Andijon xalqi va Andijon muxlislari uchun bor kuchimizni maydonda beramiz Yangiliklar

SHerzod Esanov: Biz Andijon xalqi va Andijon muxlislari uchun bor kuchimizni maydonda beramiz

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 2-turidagi markaziy uchrashuv shubhasiz Namanganda Navbahor – Andijon o'rtasida bo'lib o'tadi.

Dastlabki turda «Andijon» o'z maydonida Samarqandning «Dinamo»sini qabul qildi va jangovar tarzda kechgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilganini yaxshi bilsangiz kerak.

O'sha bahsda andijonliklar tarkibida iqtidorli o'yinchi SHerzod Esanov boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. U bungacha chempionatda ham bitta gol urgani muxlislarining yodida. Esanov «Dinamo»ga qarshi bellashuv, «Navbahor»ga bilan bahsga tayyorgarlik hamda vazifa haqida gapirdi.

-Bu mavsumda «Andijon» safidagi ikkinchi golingizni urdingiz. Sizda hujumkorlik va golli ishtiyoq sezilib turibdi. Bu murabbiyni topshirig'imi yoki shaxsiy vazifangizmi?

-Assalomu alaykum. Ha, albatta, har bir futbolchi o'ziga maqsad qo'yadi. Jamoaga ozgina bo'lsa ham yordam berayotganimdan xursandman va bu murabbiyimizning topshirig'i.

-«Dinamo» bilan o'yin juda shiddatli va tomoshabop o'tdi. O'yin haqida yana nimalarni ayta olasiz?

-O'yin juda ham qiyin bo'lib o'tdi. Maydonda bor kuchimizni berdik. Muxlislarning tinimsiz qo'llab-quvvatlashi va xarakter evaziga o'yinda durang natijaga erishdik, deb o'ylayman.

-Kubokdagi «o'lim guruhi» aynan «Andijon» joy olgan guruh hisoblanadi. O'yinlar shunga monand o'tyapti, deb hisoblaysizmi?

-Ha, albatta. Bizning guruhimizda hamma jamoaga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan va o'yinlar shunga mos bo'lyapti, deb o'ylayman.

-Oldinda «Andijon»ni vodiy derbisida Namanganda «Navbahor»ga qarshi uchrashuv kutyapti. O'yinga tayyorgarlik qanday va nima kutyapsiz?

-«Navbahor»ga qarshi o'yin uchun har tomonlama tayyorgarlik ko'ryapmiz. Albatta, bu vodiy derbisi. Biz Andijon xalqi, «Andijon» muxlislari uchun bor kuchimizni maydonda beramiz.

-«Andijon» Superligada peshqadam bo'lib turibdi. Bu hol Kubok bahslarida jamoaga motivaciya beryaptimi? Umuman, qanday tasir ko'rsatyapti

-Biz chempionat va Kubok bahslariga birdek tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa, yaxshi natijalar ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

-«Andijon»ning Kubokdagi asosiy vazifasi qanday?

-Har bir klub o'ziga oliy maqsad qo'yadi va biz ham bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

«Andijon» matbuot xizmati.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика