So’nggi yangiliklar

09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  1 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  10 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  1 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17

SHerzod Azamov: Arveladze faqat g'alaba haqida o'ylayapti… Yangiliklar

SHerzod Azamov: Arveladze faqat g'alaba haqida o'ylayapti…

Teglar :  PaxtakorAzamovNasaf
SHu kunlarda oliy liga jamoalari ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Hozirdan taxmin qilish mumkinki, ikkinchi davra birinchisiga qaraganda, ancha shiddatli o'tadi. Buni sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalardagi o'zgarishlar bilan bog'lash mumkin. Ko'pchilik birinchi galda, Paxtakorga alohida etibor qaratyapti.

Boshqaruv SHodievlar qo'liga o'tgach, shonli jamoaning avvalgi shani tiklanishiga ishonch tug'ildi. Xususan, bosh murabbiy lavozimiga SHota Arveladze olib kelindi. U o'z navbatida, murabbiylar shtabiga kuchli mutaxassislarni jalb qildi.

Tarkib ham sezilarli tarzda kuchaytirildi. Xullas, jamoa muxlislari o'zgarishlar ikkinchi davrada o'z samarasini berishiga shubha qilishmayapti. Mashg'ulotlarni kuzatish asnosida shunga amin bo'ldik-ki, Arveladze o'yin va yondashuv masalasida ham yangilikka qo'l urmoqda.

Ayni payt asosan jismoniy tayyorgarlikka urg'u berilmoqda. Mashg'ulotlar rang-barang tarzda olib borilyapti. Biz Paxtakorning yangi azosi SHerzod Azamovdan intervyu oldik.

- SHerzod, Paxtakordagi ilk taassurotlaringiz qanday? SHaroitlar, ichki muhit, munosabat...

- SHaroitlar va ichki muhit alo darajada. Paxtakor ko'z o'ngimizda kundan-kunga chinakam professional klub qiyofasiga kirmoqda.


- Qiziq, jamoa taklifiga rozilik berishingizda aynan nima asosiy omil bo'lib xizmat qildi?

- Uzoq tarix va shonli o'tmishga ega jamoaga chorlashganidan xursand­man, albatta. Bu men uchun yangi imkoniyat va sinov. Anchadan buyon salohiyatimni yangi jamoada sinab ko'rish haqida o'ylab yurgandim. SHu sababli, Paxtakor taklifini qabul qilishda sira ikkilanmadim.

- Bu masalada kimlar bilan maslahatlashdingiz?

- Ochig'i, har doim mustaqil qaror qabul qilishga o'rganganman.

- Nasafda bir necha yil to'p surdingiz, qolaversa, jamoa sardori edingiz. SHularni etiborga olsak, ketish oson bo'lmagandir...

- Tabiiyki, shunday. Ochig'ini ayt­sam, juda ko'p narsalar haqida o'ylashimga to'g'ri keldi. Nasaf bizga ko'p imkoniyatlar berdi. Fursatdan foydalanib, Qarshi jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, umuman, klubga aloqador barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

- Jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ketishingizga qarshilik qilmadimi?

- Yo'q, u bilan bu masalada alohida gaplashdim. Ro'ziqul aka imkoniyat yuzaga kelganidan foydalanib, o'zimni ko'rsatishim zarurligini uqtirdi.

- Do'stingiz Eldor Suyunov ham Paxtakor safiga qo'shildi. Taklif tushgach, o'zaro maslahatlashding­larmi?

- Bu haqda Eldorning o'zidan so'raganingiz maqul. Albatta, Paxtakor­ga o'tishimizni alohida muhokama qildik. Muhimi, fikrimiz bir joydan chiqdi.

- Nasaf jamoaviy o'yin bobida kuchli, tarkibi juda barqaror. Lekin jamoaga shu kungacha chempionlik nasib etmadi. Bu nima bilan bog'liq? Nasafda chempionlik ruhiyati yo'qmi?

- Bunday emas, jamoada hammasi yaxshi. Balki barqaror o'ynash xislati etishmayotgandir. Lekin qachondir chempionlik uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keladi va futbolchilar bundan unumli foydalanishadi. Hammasi oldinda.

- Nasafdagi faoliyatingizni qanday baholaysiz?

- Bu jamoada to'p surish imkoniyati hammaga ham berilavermaydi. Ayniqsa, inoqlikni alohida takidlayman - g'alaba onlarida ham, mag'lubiyat vaqti ham birga bo'ldik. Xullas, Nasafdagi faoliyatimdan xursandman. Bahoni esa boshqalar berishgani maqul.

- Paxtakorga o'tishingizni yaqinlaringiz qanday qabul qilishdi?

- Xursand bo'lishdi, qarorimni to'la qo'llab-quvvatlashdi.

- Mana, SHota Arveladze qo'l ostida shug'ullanyapsiz. Gruziyalik mutaxassisga qanday tarif bera olasiz?

- O'ta talabchan murabbiy. Menga aynan shu xislati maqul keldi. Uning ishga yondashuvi va uslubi ham yoqdi. Menimcha, murabbiy tayinlagan vazifalarni to'g'ri bajarsak, hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.

- Uning futbol falsafasi nimaga asoslangan ekan?

- G'alabaga. Har holda, faqat g'alaba haqida o'ylashi yaqqol sezilib turibdi.

- Xo'sh, ayni payt nimani ko'proq talab qilyapti?

- Bor etibori jamoaviy o'yinni shakllantirishga qaratilgan.

- Yangi jamoada 70-raqamni tanladingiz. Bu himoyachiga uncha xos emas. O'zi raqamga alohida etibor qaratasizmi yoki...?

- Yo'q, yo'q, bunga mutlaqo beparvoman. Axir raqam maydonda hech narsani hal qilmaydi. Endi tanlovimga kelsak, 70 shunchaki, maqul keldi.

- Klub uy berdimi?

- Bu jamoa bilan o'rtamizdagi sir bo'lib qolsin. Uzr, bunday malumotlarni oshkor qilolmayman.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика