"SHerif" ikki nafar afrikalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
20 sen 2021 00:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/658855_original.jpg)
![](/upload/storage/658855_220.jpg)
"SHerif" ikki nafar afrikalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Tiraspolning "SHerif" klubi ikki nafar afrikalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.
"SHerif" 2021/2022 yilgi mavsum UEFA CHempionlar Ligasi guruh bosqichida Doneckning "SHaxtyor" klubini mag'lub etgach (2:0), birdaniga ikki afrikalik futbolchi — ganalik 25 yoshli hujumchi Basit Abdul Xolid va Niger terma jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Abdul Momuni Darankum bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
Ganalik hujumchi Basit Abdul Xolid 115 ta xalqaro uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan, uning bo'lajak sherigi Momuni Darankum esa Niger terma jamoasi safida ikkita o'yin o'tkazgan va bitta to'p kiritgan.
Malumot uchun, ushbu klub safida o'zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboev to'p suradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar