So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  14 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

"SHerdor" futbolchilarining "Yozyovon" bilan o'yindan oldingi fikrlari Yangiliklar

"SHerdor" futbolchilarining "Yozyovon" bilan o'yindan oldingi fikrlari

Teglar :  SHerdorYozyovon
Bugun PRO liganing 14-turida Samarqandning “SHerdor” jamoasi Farg'onaning “Yozyovon” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvdan oldin “SHerdor” futbolchilari o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

G'olibjon Sariboev: 
− Yozyovonda bo'lib o'tgan o'yinda jamoamiz alamli mag'lubiyatga uchragan edi. “Yozyovon”dan uchralgan mag'lubiyat shunchaki tasodif ekanligini bugungi o'yinda isbotlashga harakat qilamiz.

− Ertangi o'yinda “SHerdor”ni asosiy quroli kim?
− Kim bilsin, balki hujimchimiz Faxriddin Alimovdir?! Bu borada men biror nima deya olmayman.

− Jamoa so'nggi o'yinlarda ijobiy natijalarni qayd etmoqda. Bugun ham qiziqarli bahsning guvohi bo'lamizmi?
− Buni oldindan aytib bo'lmaydi. Raqibimiz ham oddiy jamoa emas. Harakatda barakat. Jamoamiz bilan birgalikda harakat qilsak albatta ijobiy natijaga erishamiz.

Otabek Hamraqulov: − Bugungi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Maqsadimiz muhim 3 ochkoni qo'lga kiritish.  
− Jamoaning so'ngi o'yinlardagi g'alabali seriyasiga nima sabab bo'lyapti deb o'ylaysiz?
− Eng avvalo jamoamizdagi shijoat, futbolchilarning g'alabaga bo'lgan chanqoqliligi. Boisi, jamoamiz asosan yoshlardan iborat. Ularning ham maqsadi Super liga jamoalarida to'p surish. SHu bois ham ular har bir o'yinda o'zining bor iqtidorini ko'rsatishga, murabbiylar etiboriga tushishga harakat qiladi. G'alabalarimizning yana bir jihati bu – murabbiy faktori.

Bekzod Ro'zmatov: − Aynan “Yozyovon” jamoasiga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgan edim. Boz ustiga jamoamiz o'sha o'yinda mag'lubiyatga ham uchragan edi. SHu bois ham yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganimiz uchun qaysidir manoda alamimiz bor. Bugun jamoadoshlarim bilan birgalikda bor imkoniyatimizni ishga solib g'alaba qozonishga harakat qilamiz. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Jamoaning kayfiyati alo. O'yinga yuz foiz tayyormiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика