SHenol Gunesh: "Bizning kunimiz emasdi. Endi Uels va SHveycariyani yutishimiz kerak"
12 iyu 2021 08:41
Yangiliklar
SHenol Gunesh: "Bizning kunimiz emasdi. Endi Uels va SHveycariyani yutishimiz kerak"
Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHenol Gunesh Italiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu bizning kunimiz emasdi. Biz to'pni yo'qota boshladik va uni oldinga olib o'ta olmadik. Italiya terma jamoasi zo'r. Biz kuchliroq jamoaga yutqazdik. Ammo bu musobaqa: bizda yana ikkita o'yin bor.
Biz dastlabki o'yinni musobaqa mezbonlaridan biriga qarshi o'tkazdik va o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qilgandik. Ular bizni dog'da qoldirishdi, kurashlarda g'olib chiqishdi va to'p yo'qotishmadi. Italiya bizga qaraganda yaxshiroq tayyorlangan ekan.
Oldimizda yana ikkita o'yin turibdi (Uels va SHveycariyaga qarshi). Ularni yutishimiz kerak. Umid qilamanki, Uelsga qarshi o'yinda o'zimiz istagan darajaga chiqa olamiz va bizga kerak bo'lgan ochkolarni to'playmiz", - dedi Gunesh.
Fikrlar