"SHaxtyor" bosh direktori: "Manchester Siti" bilan to'yimizni qilishmoqchi shekilli"
01 sen 2019 13:13
Yangiliklar
"SHaxtyor" bosh direktori: "Manchester Siti" bilan to'yimizni qilishmoqchi shekilli"
Ukraina jamoasiga guruh bosqichida "Manchester Siti", "Atalanta" va Zagrebning "Dinamo"si raqiblik qiladi. Qayd etish kerak, "SHaxtyor" ketma-ket uchinchi mavsumdirki, "shaharliklar" bilan bir guruhdan o'rin olishdi.
O'tgan mavsumda ikki o'yin hisobiga ko'ra, "Siti" ushbu raqibiga 9 gol (0:3, 0:6) kiritgan bo'lsa, 2017/18 yilgi mavsumda tomonlar bittadan g'alabaga erishishgan, 1:2 va 2:0.
"Manchester Siti" sport direktori bilan uchrashdim. Men Angliyadan, u esa Ukrainadan bittadan uy sotib olishimizni kelishib oldik. Menimcha, UEFA ushbu klublarning to'yini qilmoqchi shekilli.
Quraga qadar ko'plab maqolalarni o'qib chiqdim. "SHaxtyor" muxlislari faqatgina "Manchester Siti" bilan bir guruhdan o'rin olmasligimizni istayotganini ko'p bora yozishayotgandi. To'g'risini aytsam, shunday bo'ladi deb o'ylamagandim. Nazariy jihatdan olib qaraganda buning amalga oshish ehtimoli juda past edi", - dedi Palkin.
Fikrlar