SHavkat Salomov: "Paxtakor" bilan o'yin durangga mos bo'ldi"
03 apr 2016 12:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203524_original.jpg)
![](/upload/storage/203524_220.jpg)
SHavkat Salomov: "Paxtakor" bilan o'yin durangga mos bo'ldi"
"Buxoro" - "Paxtakor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi SHavkat Salomov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun ancha hujumkor va shiddatli o'yin bo'ldi. Har ikkala jamoada ham ko'plab golli vaziyatlar bo'ldi, lekin har ikkala jamoa ham imkoniyatlardan unumli foydalana olishmadi. Menimcha o'yin durangga mos bo'ldi. Bizda juda ko'p standart vaziyatlardan hisobni ochish uchun imkoniyat bo'lgan bo'lsa-da, bu borada omadimiz chopmadi. Muxlislarimiz har uchrashuvda bizni mana shunday qo'llab turishsa, biz albatta ko'zlagan maqsadimizga erishamiz. Ajoyib muxlislarimiz bor, ularga katta rahmat”, - deydi Salomov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar