So’nggi yangiliklar

17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  2 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  0 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  6 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  11 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2 14:40Родриго АПЛга ўтишни рад этди  8 13:43Ана холос! Гасперини Довбикка чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  10 13:10Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  5 12:42Лондон клуби 70 млн фунтлик трансферни амалга оширишга тайёр  1 12:26Эшитдик-да! ЦСКА клубида ўзбекистонлик мураббий иш бошлашга яқин  0 11:51"Манчестер Сити" Грилишни 50 миллион фунтга сотмоқчи, аммо...  0

SHavkat Saidov: Teng kechgan uchrashuvda omadimiz chopdi Yangiliklar

SHavkat Saidov: Teng kechgan uchrashuvda omadimiz chopdi

“Metallurg” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi boshlig'i SHavkat Saidovning uchrashuv haqidagi fikrlarini so'radik.
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i:  - Musobaqa jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalarning bahsi hamisha murosasiz kurashlar ostida kechadi. Zero qayd etiladigan natija jamoaning keyingi mavqeini belgilab berishi aniq. SHu manoda biz ham yon qo'shnilarimiz – “Qizilqum” jamoasiga qarshi kechadigan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi taymda ikkila jamoaning ham o'yini qovushmadi. CHempionatimizda yuzaga kelgan tanaffus klublarning o'yiniga tasir o'tkazmasdan qolmaganligi sezildi. Ammo vaqt o'tgani sari ikkala jamoa ham o'z o'yinini topib bordi. SHu boisdan ham ikki xil taymning shohidi bo'ldik.

Ikkinchi taym muxlislarga manzur bo'ldi, deb o'ylayman. Jamoalar hujumkor futbol namoyish etishdi. Har ikkala klubda gol kiritish imkoniyatlari bo'ldi. Taym o'rtalarida Jasur Hasanov darvozabonimiz bilan yakkama yakka chiqqan paytda, to'g'risi omadimiz chopdi. Suhrob Sultonovning ham vaziyatni o'qiy olganligiga tasanno. Bu esa futbolchilarimizni o'yin oxirida ruhlantirib yubordi va so'nggi daqiqada uyushtirigan shiddatli hujumimizda Zohid Abdullaev muhim golini kiritdi. Navoiyliklar haqida faqat iliq fikrlarni bildirishim mumkin. Ular juda yaxshi shakllangan jamoani barpo etishgan. SHu yo'nilishdagi izlanishni davom ettiraverishsa yaqin orada sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan klubga ega bo'lishadi. Ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman, deydi SHavkat Saidov.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика