So’nggi yangiliklar

17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  1 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  2 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  3 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  3

SHavkat Saidov: "Mirsodiqov futbolchilarga “Lokomotiv” bilan o'yindagi natijani unutinglar degandi" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Mirsodiqov futbolchilarga “Lokomotiv” bilan o'yindagi natijani unutinglar degandi"

Teglar :  NavbahorMetallurg
“Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin har ikkala jamoa rahbarlari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar murabbiyi ishtirok etdi.

B.Ashurmatov, “Navbahor” FK bosh murabbiyi:

"Metallurg" – kuchli jamoa. Jamoa bosh murabbiyi Rustam aka Mirsodiqovni esa O'zbekistonning eng kuchli mutaxassislaridan biri deb bilaman. Uchrashuvdan avval yigitlarga Rustam aka o'z shogirdlarini o'yinga qanday ruhlantira olishini tushuntirdim. CHunki, Rustam akam mening ham ustozim bo'lgan va o'zim ko'rganligim, bilganligim uchun futbolchilarimni shu ruhda tayyorladim. Xudoga shukur, bugun futbolchilarim ko'rsatmalarni aniq bajarishdi va g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. SHu sababli yigitlarga jangovor o'yin namoyish etishgani, oxirigacha kurashishgani uchun ularning oldiga kirganimda ham katta minnatdorchilik bildirdim. Agar shunday o'yin ko'rsatishda davom etsak, o'zimizga kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz.
 Bellashuv oxirigacha barchani xayajonda ushlab turdi. Namangandan bizni qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarimizning kelgani ham o'yinchilarga qo'shimcha dalda bo'ldi. Jamoamiz nomidan muxlislarga tashakkur aytaman. Raqib to'g'risida faqat ijobiy fikrlarni aytishim mumkin. “Metallurg”kuchli hujum chizig'iga ega. SHahzod Nurmatov mamlakatimizdagi individual tarafdan eng kuchli hujumchilardan biri. Futbolda har bir jamoa maydonga g'alaba uchun chiqadi. Kimdir g'alaba qozonadi, kimdir mag'lub bo'ladi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa g'alabaga loyiq o'yin namoyish etdi. Bugun omad biz tomonda bo'ldi. SHu sababli uch ochko egasiga aylandik.
 
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i:

Futbol jamoaviy o'yin. Futbolchilarning ham jismoniy, ham ruhiy tayyorgarligi yuqori darajada bo'lmasa natijaga erishish qiyin. Afsuski, birinchi davra yakunidagi g'alabalar seriyasi, ikkinchi davrani chempionlikka asosiy davogar – “Lokomotiv bilan safarda durang bilan boshlashimiz jamoa ruhiyatiga o'zgacha tasir ko'rsatdi, shekilli. Uchrashuvdan oldin bosh murabbiy Rustam Mirsodiqov futbolchilarga “Lokomotiv” bilan o'yindagi ijobiy natijani unutinglar, u tarix. Bugungi o'yin haqida o'ylashimiz lozim. Raqib jiddiy tayyorgarlik bilan kelayapti. Maydonning har bir qarichi, har bitta to'p uchun kurash olib borsakgina maqsadga erishamiz, deb takidlab o'tgandi. Ammo bu barcha o'yinchilarimiz ongiga birdek etib bormaganligi sezildi. Ikkinchi taymda o'yinimiz biroz jonlandi. Hisobni qisqartirib olganimizdan keyin ijobiy natijaga erishishga umid ham uyg'ongandi. Ammo vaqt tanqisligi bunga xalaqit berdi. Bugun mahorat g'alaba qozondi deb o'ylamayman. SHijoat, g'alabaga ishtiyoq ustun keldi. Mazkur mag'lubiyat futbolchilarimizga ham, murabbiylarimizga ham birdek saboq bo'lishiga ishonaman. Oldinda ikkinchi davraning uzun karvoni turibdi. Yigitlar yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda hujumkor ruhda to'p surishadi hamda ishqibozlarimizni albatta g'alabalar bilan xursand etishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика