So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

SHavkat Saidov: "Lokomotiv"ni g'alaba va chempionlik bilan tabriklaymiz" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Lokomotiv"ni g'alaba va chempionlik bilan tabriklaymiz"

“Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvidan keyin biz “Metaluurg” FK jamoa boshlig'i SHavkat Saidovning o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.

SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - Avvalo, “Lokomotiv”ni muddatidan oldin chempionlikka erishganligi bilan tabriklayman. Bizga qarshi o'yindan bir kun muqaddam temiryo'lchilarning chempion bo'lganligi haqidagi xabar nazarimda o'yinning shiddatli o'tishiga biroz salbiy tasir ko'rsatdi. Mezbonlarga qaraganda ham bizning futbolchilarimizda “kurashish ishtiyoqi” pasayganligi sezildi. Yangi chempionga qarshi 20 daqiqa jiddiy raqobat ko'rsatishga kuchimiz etdi. Ketma ket o'tkazib yuborilgan gollar esa o'yinchilarimizning o'z kuchlariga bo'lgan ishonchlarini so'ndirdi. “Lokomotiv” bu yil mavsumni juda ko'tarinki tarzda, chempionga xos va mos tarzda o'tkazdi. Jamoada teng kuchli ikkita tarkib mavjud. Zahiraning kuchliligi bois barcha raqiblaridan ustun ekanligi sezilib turdi. Temiryo'lchilarga endi xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya etishlarini tilab qolamiz.

Biz uchun esa mavsum hali yakunlangani yo'q. Keyingi o'yinga, o'z uyimizdagi oxirgi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Muvaffaqiyatli o'tgan mavsumni ishqibozlarimiz qarshisida g'alaba bilan yakunlashni xohlaymiz, deydi SHavkat Saidov.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика