So’nggi yangiliklar

16:31Сречко Катанец: "Терма жамоада нималар қилганимизни ва қандай ютуқларга эришганимизни билишингиз керак"  17 16:05Ҳусановнинг агенти: "Биз билан АПЛнинг 12 клуби алоқага чиқди"  7 15:06БМБ 14 та гол урган ва учинчи бор чемпион бўлган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:34Расман: "Боруссия Д" бош мураббийни истеъфога чиқарди  3 14:03"Реал" ёки "Барселона"да ўйнаш? Холанд жавоб берди  25 13:35МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   39 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖнинг янги мураббийи эртага Қатарга учиб кетади  166 12:07Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди  281 11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  3 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  3 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   16 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0 09:35Тошкент клуби футболчиси "Қизилқум" сафига бориб қўшилди  1 09:10"Андижон" Туркияда 9 та назорат учрашуви ўтказади. Рақиблар орасида Норвегия жамоаси бор  3 08:30Про лига тўпурари клуби билан келишувни узайтирди  0

SHavkat Saidov: "Derbi har doimgidek qiziqarli o'tdi" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Derbi har doimgidek qiziqarli o'tdi"

“Metallurg” – “Olmaliq” jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi boshlig'ining o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - Toshkent viloyati jamoalari derbisi har qachongidek bu safar ham qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida o'tib, muxlislarga manzur bo'ldi. G'uzordagi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarning jismoniy hamda ruhiy holatini tiklash borasida murabbiylarimiz jiddiy bosh qotirishdi. O'yinga tayyorgarlikdan ko'ngil to'lgandi. Biroq uchrashuv boshidayoq gol o'tkazib yuborib, taqibchiga aylanib qolishimizni kutmagandik. Futbolchilarimiz taym o'rtalariga kelganda o'z o'yinlarini namoyish eta boshlashdi. Birinchi taymda biz natijadan qoniqdik. Ikkinchi taymda esa o'yinimizdan.

Bugun o'zining ikkinchi yoshligini boshidan kechirayotgan Zohid Abdullaev yoshlarga o'rnak bo'ldi, deb ayta olaman. Bejizga milliy terma jamoamiz murabbiylari nazariga tushmaganligini isbotladi va juda muhim gollarga mualliflik qildi. Bu o'yinda ochko bizga ham, olmaliqliklarga ham juda zarur edi. Bizga uyimizda devorlarimiz – muxlislarimizning qo'llab quvvatlashi yordam berdi va maqsadimizga erishdik, deydi SHavkat Saidov.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика