SHavkat Saidov: “Bugungi bahs taqdirini standart vaziyatlar hal etdi”
22 may 2017 20:34
Yangiliklar
SHavkat Saidov: “Bugungi bahs taqdirini standart vaziyatlar hal etdi”
O'zbekiston kubogi 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Metallurg” o'yinidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Metallurg” klubi boshlig'i SHavkat Saidov ishtirok etdi.
O'yin haqida aytadigan bo'lsam, bundan bir oy oldin chempionat doirasidagi uchrashuvda Qo'qondan yirik mag'lubiyat bilan qaytgandik. O'tgan vaqt mobaynida xatolardan to'g'ri xulosa chiqardik. Bugun tarkibda biroz o'zgarish bo'ldi. Birinchi bo'limda raqib bilan teng kurash olib bordik. Ikkinchi taymda esa maydon egalari shiddatli hujumlarni tashkil etishdi. Bugungi bahs taqdirini standart vaziyatlar hal etdi, deyishim mumkin. Murod Xolmuhammedov ikkala golini ham aynan standart vaziyatdan keyin kiritdi.
Bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, javob o'yinidan vaziyatni o'nglash uchun harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar