So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  0 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  1 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  1 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0

SHavkat Mirziyoev Mirabror Usmonov oilasiga taziya bildirdi Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev Mirabror Usmonov oilasiga taziya bildirdi

Mamlakatimiz jamoatchiligi judolikka uchradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati azosi, davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonov shu yil 15 mart kuni og'ir xastalik tufayli vafot etdi. 

Prezident SHavkat Mirziyoev marhum xonadoniga tashrif buyurib, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.

Mirabror Zufarovich Usmonov 1947 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ko'p yillar iqtisodiyot, savdo va xizmat ko'rsatish sohalarida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan, 1994-2005 yillarda esa O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari sifatida istemol mollari ishlab chiqarish va savdo tarmoqlariga rahbarlik qilgan. 

M.Usmonov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidagi ko'p yillik faoliyati davomida bilimi, katta hayotiy tajribasi bilan qonunlar ishlab chiqilishida faol ishtirok etdi. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida mamlakatimizda sportni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi. 

Mirabror Usmonovning ko'p yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” va “Do'stlik” ordenlari hamda “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.

Davlatimiz rahbarining marhum xonadoniga tashrifi xalqimizga xos olijanoblikning, mamlakat rivojiga hissa qo'shgan insonlarga ehtiromning yana bir ifodasi bo'ldi. Quron tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.

Prezidentimiz marhumning ezgu ishlarini yodga oldi.

– Mirabror Usmonov mustaqilligimizning og'ir-engil kunlarini tortgan, xalqimizga, Vatanimizga katta xizmatlar qilgan ulug' inson edi. Odamlarga qo'lidan kelgancha yaxshilik qilardi. Oilasiga, yurtiga, davlatga sadoqatli edi. Keyingi paytlarda sog'ligi yaxshi bo'lmasa ham Senatning hamma majlislarida qatnashishga harakat qildi, foydam tegsin derdi, – dedi davlatimiz rahbari. 

Taziyaga yig'ilganlar Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика