SHavkat Mirziyoev "Manchester Siti" egasini qabul qildi
07 may 2018 19:14
Yangiliklar


SHavkat Mirziyoev "Manchester Siti" egasini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 7 may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o'rinbosari, Prezident ishlari bo'yicha vazir SHayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.
Bu haqda prezident matbuot-xizmati malum qildi.
SHayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon futbol olamining mashhurlaridan biri hisoblanadi. Mehmon "Manchester Siti" egasi sifatida ko'pchilikka malum va mashhur.
Davlatimiz rahbari va SHayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon o'rtasidagi suhbat davomida ikki tomonlama amaliy hamkorlikning asosiy yo'nalishlari, jumladan, mamlakatimizga Amirliklar investorlarini istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish, ularning faoliyatini tizimli ravishda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" joriy mavsum Angliya Premer-ligasida muaddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar