So’nggi yangiliklar

23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  9 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  2 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  5 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  170 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  2 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  7

SHavkat Ahmedov: “Safardan g'alaba bilan qaytish albatta yoqimli” Yangiliklar

SHavkat Ahmedov: “Safardan g'alaba bilan qaytish albatta yoqimli”

Kecha birinchi liganing ikkinchi bosqich, 8-turidan o'rin olgan “Lokomotiv-BFK” – “Xotira-79” bahsida mehmonlar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng Uychi jamoasi texnik-direktori SHavkat Ahmedov bilan suhbatlashdik.

- O'yin haqida nima deyishim mumkin. Safardan g'alaba bilan qaytish albatta yoqimli. O'yin asosan teng kurashlar ostida o'tdi deb o'ylayman. Omadimiz keldi va ko'zlagan maqsadimizga erishdik. Uchrashuv so'nggilarida g'alaba to'pini kiritib, g'alabani ilib ketdik. Bilasizmi bu muvaffaqiyat biz uchun juda kerak edi. Yigitlarga ruhiy jihatdan foydali bo'ldi deb o'ylayman. Keyingi turlarda bu ham ijobiy samara beradi – deya gap boshladi Ahmedov.

- Raqibga nisbatan bizdagi futbolchilarning tajribasi yuqori edi. Bahrom Yuldashev bilan Ayubxon Gapparov singari o'yinchilar o'z vaqtida oliy ligada ham o'ynagan. Qolaversa Botir Karimjonov va SHuhrat Hamidov esa birinchi liga toifasida tajribali futbolchilar sanaladi. Bundan tashqari o'z vaqtida yoshlar terma jamoasi safida xarakat qilgan iqtidorli o'yinchi SHoxjahon Abbosovning ham yordami katta bo'lmoqda. Quvonarlisi “Lokomotiv-BFK”ga qarshi bahsda tajribali himoyachimiz Durbek Umaraliev ham maydonga tushdi. “Futbol-MED” tibbiy ko'rigidan o'ta olmagan Umaraliev kuni-kecha yana qaytadan o'tdi. Bu esa jamoaga foydali bo'ldi. Sardorimizning qaytishi ham himoya chizig'idagi kamchiliklarga barham berdi.

- “Lokomotiv-BFK” jamoasi to'g'risida fikrlarim ijobiy. Kurashchan va kelajagi porlok klub degan bo'lardim. Ularga yaratib berilgan sharoitlarga ham havas qilish mumkin. Qarorgohi va stadioni alo darajada. O'yin borasida ham chakki emas. Ularda asosan yoshlar o'ynamoqda.

- Mazkur uchrashuvga 13 nafar futbolchi bilan borganimiz rost. Bu jamoada muammo borligidan emas. Balki tarkibdagi futbolchilarning jaroxatga yo'qliqqani bilan bog'liqdir. SHuningdek yana ayrim sabablarga ko'ra, safdan chiqishdi. Nolimaymiz, tuman hokimligi tomonidan jamoaga bo'lgan etibor yaxshi. To'g'ri, ayrim klublar singari futbolchilarga katta miqdorda maosh to'lay olmaymiz. Lekin imkon qadar oz miqdorda bo'lsada, vaqtida berib borishga xarakat qilyapmiz. SHuning uchun ham asosiy etiborni ko'proq mahalliy va yoshlarga qaratganmiz. O'z o'yinini topib ketib, oliy liga yoki birinchi liganing etakchi klublaridan taklif olsa, qarshilik ko'rsatmasdan omad tilaymiz.

- Bu yil Uychi tumanida “Paxtakor” nomli stadionimiz rekonstrukciya qilinayotgani bois, raqiblarimizni Namangan shahridagi stadionlarning birida qabul qilmoqdamiz. Viloyat futbol federaciyasi ham qarab turmayapti. Buning uchun ularga ham minnatdorchilik bildirib qolaman – deydi “Xotira-79” texnik direktori SHavkat Ahmedov.

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика