"SHarja" SHukurovning o'rnini "Barselona" futbolchisi bilan to'ldirmoqchi
05 sen 2022 23:55
Yangiliklar
"SHarja" SHukurovning o'rnini "Barselona" futbolchisi bilan to'ldirmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, futbolchi "SHarja" klubidan taklif olgan. Yaqindagina ushbu poziciyadagi Otabek SHukurovni "Fatix Karagumryuk"ga sotib yuborgan klub bosniyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilgan, o'z navbatida xavbekka ham bu qiziq variant bo'lib tuyulgan. Moliyaviy muammolari sababli "Barselona" ham Xavining rejalariga kirmayotgan futbolchini ketkazib yuborishga qarshi emas.
Ushbu mavsumda 32 yoshli Pyanich "Barselona" tarkibida birorta uchrashuvda maydonga tushmagan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.
Fikrlar