So’nggi yangiliklar

20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  1 19:20Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 1:4 (матнли трансляция)  6 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  43 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16

"SHarja" FK matbuot kotibi: "SHukurov bizda birinchi raqamli futbolchi" Yangiliklar

"SHarja" FK matbuot kotibi: "SHukurov bizda birinchi raqamli futbolchi"

Bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Ummon uchrashuviga qiziqish yuqori.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019dagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz guruh bosqichining dastlabki turida Ummonga qarshi maydonga tushishadi. Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadigan bellashuvda futbolchilarimizdan faqat g'alaba kutib qolamiz. 

Bugungi o'yin SHarjadagi "SHarja Stedium"da o'tkazilishi bois "SHarja" futbol klubi xodimlari ham tez orada boshlanadigan bellashuvni katta qiziqish bilan kutishmoqda. Yana shuni aytish lozim, klub xodimlaridan bir nechtasi musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun qo'ldan kelgancha OFK tashkiliy qo'mitasiga yordam berib kelishmoqda. SHulardan biri klub matbuot xizmati vakili Adil Al Hammadi deya olamiz. 

Adil Al Hammadi qariyb 16 yildan beri "SHarja" klubida ishlab kelayotgan ekan. Yaxshi bilasiz, hozirda ushbu jamoada hamyurtimiz Otabek SHukurov faoliyat olib bormoqda. SHu bois Al Hammadini suhbatga tortib, uning o'yin borasidagi fikrlari hamda SHukurov haqida so'radik. 

- O'zbekiston - Ummon o'yinida nima kutyapsiz?
- Birinchi o'yin har doim muhim. Yaxshigina to'qnashuv kutyapman. Menimcha, ikkala jamoa ham bir xil darajada. Ko'rgan bo'lsangiz, BAA - Bahrayn uchrashuvi ham ancha qiyin o'tdi. Har ikki jamoa ko'proq etiborni himoyaga qaratdi. O'zbekiston - Ummon bahsi ham shunga o'xshash kechsa kerak. Birinchi taymda jamoalar ehtiyotkor harakat qilishadi. Ikkinchi bo'limda esa ancha qiziq o'yin ko'ramiz deb o'ylayman. 

- Bu o'yinda Ummonga muxlislik qilsangiz kerak?
- Hozir bu savolga javob berish men uchun biroz mushkul. Ummon - yon qo'shnilarimiz, albatta shu jamoaga muxlis qilaman. Lekin ikkinchi tomondan o'zbekistonlik Otabek SHukurov bizning klubda o'ynayapti, shu bois unga ham muxlislik qilaman. Agar "SHarja"da o'zbekistonlik futbolchi bo'lmaganida men aniq Ummon tomonida bo'lardim. Hozir esa o'rtadaman.

- Qanday natija kutyapsiz?
- Menimcha, O'zbekiston kichik hisobda g'alaba qozonsa kerak. Agar SHukurov gol ursa yanayam xursand bo'laman. Osiyo Kubogida kuchli jamoalar ko'p. Men kuch bo'yicha jahon chempionatida qatnashgan beshta jamoani birinchi darajaga qo'ygan bo'lardim. Bular - Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Eron va Saudiya Arabistoni. Ikkinchi darajaga Suriya bilan O'zbekistonni qo'yaman. Oxirgi yillarda shu ikki jamoa ancha kuchaydi. BAA bilan Qatar esa uchinchi darajadagilar hisoblanadi.

- Nima uchun BAAni uchinchi darajali jamoa deyapsiz?
- CHunki BAA hali o'zini ko'rsata olgani yo'q. Biz musobaqaga tayyorgarlik jarayonida ko'p o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdik, lekin birortasida yorqin futbol namoyish eta olmadik. Yangi bosh murabbiy Alberto Zakkeroni nimanidir o'zgartirishga harakat qilyapti, lekin unchalik o'xshamayapti. Italiyalik murabbiy qo'l ostida jamoamiz ko'p gol ura olmayapti. Urilgan gollar ham faqat penaltidan. O'tgan yil Ko'rfaz Kubogida ham shu holat yuz berdi. Gol urmasdan finalga etib bordik va finalda penaltilar seriyasida yutqazdik.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida nima deya olasiz?
- Sizlarda yaxshi yosh futbolchilar bor. Men o'tgan yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston ishtirokidagi o'yinlarni ko'rgandim. O'shanda 8-raqamli (Jasur Yaxshiboev) bilan 10-raqamdagi (Javohir Sidiqov) iliq taassurot qoldirgandi. Umuman olganda O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko'p. SHulardan biri Otabek SHukurov bizning klubda o'ynayapti. Men ko'plab uchrashuvlarni tomosha qilaman. Har bir jamoani o'rganishga harakat qilaman.

- Otabek SHukurov haqida nima deya olasiz?
- SHukurov SHarjaga kelganida yosh edi. Biz dastlab xavotirga tushgandik, o'ynab keta olarmikan, mahalliy muhitga moslasha olarmikan. Ammo shunday bo'ldiki, SHukurov birinchi kundanoq jamoaga kirishib ketdi. Maydonga tushgan ilk o'yinidayoq o'zini ko'rsatdi. To'g'risi, bundan hammamiz hayron qolgandik. Ilk uchrashuvdayoq uning yaxshi saviyadagi futbolchi ekaniga amin bo'ldik. Otabek kelganida uylanganiga endi ikki oy bo'lgandi. Boshqa madaniyat, boshqa til, boshqa ovqat... lekin u hammasiga tezda ko'nikdi. CHunki futboldan boshqa hech narsani o'ylamadi. Jamoamizga ayniqsa braziliyalik futbolchilar kelsa ko'nikishi uchun uch-to'rt oy ketadi. Lekin SHukurov bilan bunday bo'lmadi.

- Muxlislarning SHukurovga bo'lgan munosabati qanday?
- Juda zo'r. Uni hamma birdek yaxshi ko'radi. Klub unga SHarjadagi eng yaxshi joydan uy olib bergan. SHukurovning ingliz tilidagi bilimi ham o'sib boryapti, arabchani esa endi-endi o'rganyapti.

- Qachondan beri klubda ishlaysiz?
- 2003 yildan beri. "SHarja" klubida anchadan beri ishlab kelyapman. Oldin bizda Timur Kapadze ham o'ynab ketgan. Lekin u kam o'ynagandi. SHuningdek, Aziz Haydarov ham BAAda yaxshi faoliyat olib bordi.

- "SHarja" hozir turnir jadvalida birinchi o'rinda boryapti.
- Xuddi shunday. Bunga asosiy sabab jamoaning ahilligi deb o'ylayman. Bundash tashqari, bosh murabbiyimiz ham juda tirishqoq. U yosh murabbiylardan biri va "SHarja" murabbiylik faoliyatidagi ilk professional klub hisoblanadi. SHukurovning o'yini murabbiyimizga juda yoqadi, shu bois bu mavsum unga tayanch yarim himoyachilari orasida eng yaxshi shartnoma taklif qilindi. Futbolda asosan gol uradigan futbolchilar hammaning diqqat-markazida bo'ladi. SHukurov esa maydonda ko'rinmasligi mumkin, lekin juda katta hajmdagi ishni bajaradi.

- Sizningcha, ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi qaysi bosqichgacha boradi?
- Bu endi guruhdan qaysi o'rin bilan chiqishiga bog'liq. Agar jamoangiz guruhda bir yoki ikkini olsa, uzoqroqqa borishi mumkin. Mabodo uchinchi o'rin bilan chiqadigan bo'lsa, vaziyat ancha qiyinlashadi deb o'ylayman. Mening taxminimcha, O'zbekiston guruhdan chiqadi, 1/8 finaldan ham o'tadi, u yog'i esa kim raqib bo'lishiga bog'liq. 

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика