So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Odil Ahmedovsiz o'ynagan "SHanxay SIPG" bir kishi kam qolgan "Lunen"ga yutqazdi va Kubokni tark etdi Yangiliklar

Odil Ahmedovsiz o'ynagan "SHanxay SIPG" bir kishi kam qolgan "Lunen"ga yutqazdi va Kubokni tark etdi

"SHanxay SIPG" hamda "SHandun Lunen" o'rtasidagi Xitoy Kubogi yarim final uchrashuvi yakunlandi.

"SHanxay SIPG" - "SHandun Lunen" 0:2

Gol: Fellayni 40, Jang 70.

"SHanxay SIPG": Yan, Vang, SHi, Kay, Arnautovich, Oskar, Xalk, Lyu, YU, Ne, CHen.

Zaxira: CHen, Jang, Vey, Li, Xu, Yang, Ahmedov.


"SHandun Lunen": Vang, Lyu, Jeng, Vang, Pelle, Lyu, Jang, Lyu, Xao, Fellayni, Moises.

Zaxira: Xan, Vu, Jou, Gedesh, Ki, Duan, Song.


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 2:0

90+4. GOOOOL! Oskar! "Lunen" jarima maydonchasidagi palapartishlikdan so'ng Oskar qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi, ikkinchi golga vaqt etarmikin? Gol hisobga olinmadi. "SHandun" jarima maydonchasidagi tartibsizlikda qoida buzilgan ekan.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. Tinimsiz "Lunen" jarima maydonchasiga uzatilayotgan paslar omadsiz yakun topmoqda. 

83. "SHanxay SIPG"da uchinchi o'zgarish: CHen o'rniga Xu maydonga tushdi.

81. Ahmedovni maydonga tushirish vaqti kelmadimikin? Oskar bugun o'z darajasida o'ynay olmayapti.

80. ZARBAA! CHap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Vang SHen CHao bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroq to'p darvozabon qo'liga borib tushdi.

78. SHanxay jamoasi qanotlardan uzatmalar orqali gol urishga harakat qilishmoqda, ammo bu foyda bermayapti.

74. Arnautovich raqib jarima maydonchasida darvozaga teskari turib to'pni qabul qilib oldi va bir amallab zarba berdi. Noaniq.

73. SHanxayliklar ikkinchi goldan so'ng mag'lub bo'lishayotganini tushunib etishdi va jonliroq o'ynay boshlashdi. Biroq noaniq pas va uzatmalar jamoaga hech qanday foyda olib kelayotgani yo'q.

70. GOL! 2:0. "SHandun Lunen" futbolchilari hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishdi. Zaxirada maydonga tushgan Gedesh qanotdan pas berganidan so'ng, 13-raqamdagi Jang bo'sh darvozani nishonga oldi.

67. "SIPG"da o'zgarish: Say o'rniga Li, Lyu o'rniga Yang maydonga tushishdi.

66. "Lunen"da o'zgarish: Pelle o'rniga Gedesh maydonga tushdi.

64. "SHandun Lunen" bir kishi kam bo'lishiga qaramasdan tez-tez xavfli hujum uyushtirmoqda.

60. "SIPG" darvozasi oldida xavfli standartd. Mezbonlar qoida buzib, raqiblar uchun vaziyat yaratib berishdi, ammo Moyzesning zarbasi noaniq chiqdi.

56. "Lunen" jarima maydonchasiga to'p tashlab berildi, darvozabon to'pni qaytarib yubordi, qaytgan to'pga Vang SHen CHao zarba berdi. Noaniq.

54. Xalkga nisbatan qoida buzildi. Braziliyalik forvard raqib jarima maydonchasi oldida gol urish uchun qulay vaziyatga ega bo'ldi, ammo zarba kuchsiz chiqdi va darvozabon to'pni osonlikcha egallab oldi.

52. Mehmon jamoa ko'pchilik bo'lib himoyaga yotib oldi va qarshi hujumga tayanib harakat qilmoqda.

51. "Lunen"da o'zgarish: Lyu o'rniga Song maydonga tushdi.

48. Oskar raqib jarima maydonchasida yotibdi, takroriy lavhada futbolchining oyog'iga zarba berishgandek ko'rindi, VAR bunga nima derkin? Yo'q, videoassistentlar qoidabuzarlik bo'lmaganini malum qilishdi.

47. Eslatib o'tamiz, birinchi bo'limdagi chetlatish tufayli mehmonlar bir kishi kam bo'lib harakat qilishmoqda.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

- Jamoalar maydonga qaytishdi.


Bizdan uzoqlashmang, uchrashuvdan olingan suratlarni etiboringizga havola qilamiz.

Birinchi bo'lim yakunlandi! "Lunen" murabbiylar shtabi to'laligicha maydonga chiqib, bosh hakamga etiroz bildirishmoqda.


45+4. QIZIL KARTOCHKA! Arnautovichga qarshi qo'pol o'ynagan futbolchi hakam tomonidan chetlatildi. Lyu Markoga butsasining ost qismi bilan tashlangani VAR referilarining etiboridan chetda qolmadi.

45+3. Arnautovich to'pga boshi bilan chiqqanda raqib futbolchisi xavfli harakat qildi. Hakam qo'pol o'ynagan va g'azabini jilovlay olmaganlarga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakamlari esa referini ekran oldiga chorlashdi. 

45+1. Mehmonlar qarshi hujumga o'tishdi, Jang o'ng qanotda bir necha raqibini aldab o'tdi va Gracianoga pas berdi. Pellening zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

44. Goldan so'ng "SHanxay SIPG" yanada faollashib qoldi, biroq goldan darak yo'q.

40. GOL! Maruan Fellayni jarimadan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi.

39. Xalkning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi va mehmonlar qarshi hujum uyushtirishdi. "Lunen" futbolchilari "SIPG" jarima maydonchasi oldida qulay standart vaziyatga ega bo'lishdi.

37. Xalk raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi. 

35. XAVFLI VAZIYAT! Oskar "Lunen" futbolchisidan to'pni olib qo'ydi va tezda Xalkga pas berdi. Braziliyalik forvard Arnautovichga pas berishni o'rniga bir futbolchini aldab o'tdi va to'pni Oskarga qaytardi. Yarim himoyachining zarbasini darvozabon qaytarib qoldi.

32. Graciano Pelle "SIPG" darvozasiga qaychi uslubida zarba berishga urindi, ammo to'p juda yuqoridan o'tib ketdi.

30. Oskar markaz orqali jarima maydonchasi oldiga yaqinlashdi va zarba berdi. Biroq to'p raqib himoyachisi oyog'iga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pi esa shanxayliklarga foyda keltirmadi.

25. Hakam to'qnashuv "SHanxay SIPG" jarima maydonchasida bo'lgani tufayli vaziyatni VAR orqali tomosha qildi. Havotirga hojat yo'q, qoidabuzarlik aniqlanmadi.

23. Mehmonlar futbolchisi Jan hamda "SHanxay SIPG" yarim himoyachisi Sai ikkinchi qavatdagi kurashda to'qnashib ketishdi. "Lunen" jamoasi vakiliga tibbiy yordam ko'rsatildi.

20. Arnautovich jarohat olgan ko'rinadi. Avstriyalik futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Markoning ahvoli yaxshi, u o'yinni davom ettira oladi.

17. ZARBA! Xalk qarshisidagi himoyachini braziliyalik Ronaldo uslubida aldab, o'ng oyog'i bilan darvoza tomon zarba berdi, biroq to'p himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi.

15. SHanxayliklar katta kuch bilan qarshi hujumga o'tishdi. Xalk raqiblar kamchilik ekanligini hisobga olib jamoadoshlari ochilishini biroz kutdi va chap qanotdagi Arnautovichga pas berdi. Ammo uzatma kutilgandek chiqmadi va qarshi hujum jamoaga naf keltirmadi.

11. ZARBA! "SHanxay SIPG" yarim himoyachisi CHen raqib jarima maydonchasi yonidan darvoza tomon zarba berdi. Biroz noaniq.

8. "SHanxay SIPG" darvozasi oldida yana bir xavfli vaziyat yuzaga keldi. Qanotdan uzatilgan to'pni Graciano Pelle boshi bilan darvozaga yo'llashda xatoga yo'l qo'ydi.

5. Xavfli vaziyat! Mehmonlar jarima maydonchasining chap tomonidan standart ishlab olishdi. Darvozabon maydonchasiga tashlangan to'pga Vang zarba berdi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

2. SHanxayda havo yaxshi bo'lishiga qaramasdan uchrashuvda qizil rangli to'pdan foydalanishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va sardorlar o'yinni kim boshlashi haqida kelishib olishdi.



- Assalomu alaykum aziz futbol muxlislari. Bir necha daqiqalardan so'ng "SHanxay" stadionida "SHanxay SIPG" hamda "SHandun Lunen" o'rtasidagi Xitoy Kubogi yarim final o'yini boshlanadi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov uchrashuvni zaxirada boshlaydi.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика