"SHanxay SIPG" legioner xarid qilishga yaqin
16 jan 2020 16:47
Yangiliklar


"SHanxay SIPG" legioner xarid qilishga yaqin
Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi braziliyalik o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"CHonbuk Xyunday Motors" vingeri Rikardo Lopes tez orada Xitoy klubiga o'tadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Sports Donga" nashri xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchi "CHonbuk"da 2016 yilda beri o'ynab kelmoqda. Bunga qadar esa "Ituano", "Gurupi", "Globo", "Fortaleza" va "Jeju Yunayted" jamoalari sharafini himoya qilgan.
29 yoshli futbolchi joriy mavsum K-League'da 36ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar