So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  7 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  10 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

SHamsiddinov futboldan chetlatildi, Maqsudov vazifasidan ozod etildi Yangiliklar

SHamsiddinov futboldan chetlatildi, Maqsudov vazifasidan ozod etildi

Tailanddagi “Qirol Kubogi” doirasidagi Koreyaga qarshi uchrashuvdagi mojaro sabab O'zbekiston Futbol Federaciyasi SHuhrat Maqsudovni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etdi.

Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi malum muddat ichida tayinlanadi.

2015 yilning 31 yanvarida Koreya terma jamoasiga qarshi o'yinda sportchiga xos bo'lmagan hatti-harakatlari bilan raqib o'yinchisiga qo'l ko'targani va bu ishi bilan mamlakat shaniga dog' tushishiga sababchi bo'lganligi uchun Tohir SHamsiddinov O'FF “Tartib-intizom kodeksi”ning tegishli bandlariga asosan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safidan o'chirildi va bir yil muddatga har qanday ko'rinishdagi futbol faoliyatidan chetlatildi.

O'zbekiston terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va texnik direktor Rustam Akramovga futbolchilarni mazkur musobaqaga manan, ruhan va jismonan etarli darajada tayyorlay olmaganligi, terma jamoada intizomni mahkam tutmaganligi, shuningdek, xalqaro OAVning tanqidiy chiqishlariga sababchi bo'lganliklari uchun qattiq ogohlantirish oldilar.

O'zbekiston Professional Futbol Ligasiga barcha futbol klublarining rahbariyati vakillari bilan uchrashib, ularga futbolchilarni manaviy-marifiy, ruhiy va jismoniy tayyorlash ishlarida talim-tarbiya masalalariga alohida etibor qaratish birlamchi vazifa ekanligini malumot sifatida etkazish vazifasi yuklandi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi ushbu masala yuzasidan boshqa izoh bermaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика